🥇 Xurramova Shoxsanam — O‘zbekiston kubogining oltin medali sohibasi!
🏃🏻♀️ Joriy yilning 16–18-oktabr kunlari kattalar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasida Xurramova Shoxsanam Ulug‘bek qizi 1500 metr masofaga yugurish bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🏆 Ushbu yutuq bilan Shoxsanam Xurramovani samimiy muborakbod etamiz! Sportchimizning kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar quchishini tilaymiz.
🎉Shuningdek, sportchining muvaffaqiyatida munosib hissasi bor murabbiyi H.Raimovga samarali mehnati va fidoyiligi uchun minnatdorlik bildiramiz!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #39252
1.16K


- 👍 12
- 🔥 4
- 🏆 4
- ⚡ 2
- ❤ 2
- 😁 2
- 👏 1