TGViewer
TerDPI rasmiy telegram sahifasi TerDPI rasmiy telegram sahifasi @terdpi · 8.87K subscribers
Post #39080 1.23K
👨‍🎓 “Kelajakka qadam”: bitiruvchi yoshlar va tadbirkorlar uchrashuvi

🤩 Termiz davlat pedagogika institutida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalar va tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🗣Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-iyundagi 31-01-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 02-PA 27/1-1971-sonli hujjatlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 13-avgustdagi 343-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🔵 Ushbu hujjatlarga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Tadbirkorlik asoslari” fani majburiy fan sifatida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi.

✍️ Uchrashuvda viloyat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi o‘rinbosari Husniddin Yo‘ldoshev, viloyat Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Olim Toshpo‘latov, viloyat aksiyadorlik savdolarini tashkil etish bo‘yicha mas’ul tashkilot vakili Begzod Jumayev, shuningdek, institut Tarix va geografiya kafedrasining “Tadbirkorlik asoslari” fanidan dars beruvchi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔅 Muloqot davomida talabalarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, biznes yuritishning asosiy tamoyillari hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • ⚡ 2
  • 👏 1
More from @terdpi
  1. Oct 15, 2026#Ma’rifat_ulashib 📚 “Ma’rifat ulashib” — adabiyotga ehtirom, ijodga e’tibor 🤩 Termiz dav…
  2. Oct 15, 2026#Festival 🖌 TerDPI jamoasining “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivalidagi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →