TGViewer
TerDPI rasmiy telegram sahifasi TerDPI rasmiy telegram sahifasi @terdpi · 8.88K subscribers
Post #39090 1.06K
#Festival

🖌 TerDPI jamoasining “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivalidagi ishtiroki

◾️Surxon vohasining boy madaniy merosi, milliy taomlari, uzumchilik an’analari va turizm salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivali tashkil etildi.

📍Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok” sanatoriysida o‘tkazilgan festivalda Termiz davlat pedagogika instituti vakillari hamda talaba-yoshlar ham faol ishtirok etdi.

✍️ Festival doirasida institut jamoasi Tojikiston milliy liboslarida ishtirok etib, tojik xalqining qadimiy urf-odatlari, milliy taomlari va boy madaniy merosini namoyish etdi. Milliy taomlar ko‘rgazmasi orqali xos mehmondo‘stlik, an’analarga sadoqat va qadriyatlarning o‘ziga xos jihatlari keng targ‘ib qilindi.

🗣Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash, urf-odatlarimizni asrab-avaylash hamda Surxon vohasining turizm imkoniyatlarini keng namoyish etishga xizmat qiladi.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram
  • ❤ 5
  • 🔥 2
  • 🏆 1
More from @terdpi
  1. Oct 15, 2026#No_comment 🎉Ayni damda Termiz shahridagi San’at saroyi majmuasining yozgi amfiteatr mayd…
  2. Oct 15, 2026Sunʼiy intellekt, texnologik taraqqiyot va inson salohiyati — eʼtibor markazida O‘zbekisto…
  3. Oct 15, 2026#SavolJavob #30foizchegirma Pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasi…
  4. Oct 15, 2026#Ma’rifat_ulashib #Yoshlar_kuni 📚 “Ma’rifat ulashib” — adabiyotga ehtirom, ijodga e’tibor…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →