✨✨✨✨✨🎬🎬🎬🎬🎬🎬
🌐 Termiz davlat pedagogika institutida 8-9-oktabr kunlari “Termiz shahrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti (1925–2026-yillarda)” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanning asosiy maqsadi 1925–2026-yillar davomida Termiz shahrining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini ilmiy jihatdan o‘rganish, yangi ilmiy manbalar hamda tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka taqdim etish va zamonaviy rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo’ldi.
Anjumanni institut rektori A. Xasanov kirish so‘zi bilan ochib, Termiz shahrining tarixiy taraqqiyotini ilmiy manbalar asosida o‘rganish, uning boy madaniy merosini tadqiq etish va ilmiy izlanishlar natijalarini keng targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladi.
🏛 Shuningdek, xalqaro anjuman ishtirokchilari Termizning qadimiy yodgorliklari bilan ham tanishdilar. Yaponiya, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistondan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar uchun ma’rifiy sayohat tashkil etilib, ular Fayoztepa va Qoratepa arxeologik yodgorliklari hamda Hakim at-Termiziy maqbarasi bilan yaqindan tanishdilar.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38921
1.43K