🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉
📚 “QATAG‘ON QURBONLARINING HAYOTI VA FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY MAQOLALAR, YOZMA MULOHAZALAR” TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
Termiz davlat pedagogika institutida qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning millat va Vatan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan tanlovning institut bosqichi yakunlandi.
Tanlov davomida ishtirokchilarning ilmiy maqolalari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi. Shuningdek, talabalar “Yozma mulohaza (esse)” sharti orqali mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
🏆TANLOV G‘OLIBLARI:
🥇 1-o‘rin — Jabborov Bunyod Akbarovich — 170 ball; (Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti)
🥈 2-o‘rin — Mamayusupova Diyora Baxtiyorovna — 160 ball; (Tillar fakulteti)
🥉 3-o‘rin — Muxammadiyeva Farangiz Baxodir qizi — 155 ball. (Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti)
🎉 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38924
1.3K

- ❤ 2
- ❤🔥 1
- 👍 1
- 🏆 1