🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️
🗂Giyohvandlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o’tkazildi
🤩 Termiz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kiberxavfsizlik va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
👥 Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB Tergov-kiberxavfsizlik xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimi, mayor A. Xasanov, Viloyat narkologiya dispanseri mutaxassis shifokori B. Baratov, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori U. Turamuratov, institut profilaktika inspektori B. Allaberdiyev, professor-o‘qituvchilar, institut xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
🗣 Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning inson salomatligi, hayoti va kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, bunday illatlarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
💬 Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38911
2.19K










- ❤ 7
- 🔥 5
- 🤩 2
- ⚡ 1