#Milliy_liboslar_kuni
#Xalqaro_qizlar_kuni
🤩 "QIZLAR — BUGUNNING ILHOMI, ERTANGI KUNNING BUNYODKORLARI!"
🗓 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni va "Milliy liboslar" kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri institutning faollar zalida bo'lib o'tdi.
Tadbir «Bilimli qiz — kuchli oila, kuchli jamiyat va porloq kelajak!» shiorida tashkil etildi.
📚 Tadbirda fakultetlardagi talaba qizlarning bilim olishi, ijodiy qobiliyati, iste’dodi, kasbiy qiziqishlari va jamiyatdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash; ularda o‘z kuchiga ishonch, milliy qadriyatlarga hurmat, kelajakka intilish va mustaqil fikrlash sifatlarini rivojlantirish ko‘nikmalari shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
🤩 Tadbirda talaba qizlar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashdilar:
1. "Qizlar — kelajak bunyodkorlari»
2. "Badiiy chiqish — "qizlar, sizlarga atalgan!"
3. "Orzularim xaritasi" — interaktiv mashg‘ulot
4. "Mening kasbim — mening kelajagim"
5. "iste’dodlar sahnasi"
📎Qiziqarli savol- javoblar, foydali maslahatlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida faollik ko‘rsatgan qizlarga nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshiriladi.
Nominatsiyalar:
🏆 «Eng ijodkor qiz»- Tillar fakulteti talaba qizlari
🏆 «Eng bilimdon qiz»- Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti qizlari
🏆 «Eng yaxshi loyiha»- Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti qizlari
🏆 «Eng yaxshi milliy hunarmand»-Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi talaba qizlari sazovor bo‘lishdi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38871
1.68K










- ❤ 6
- 👍 3
- ⚡ 1
- 🔥 1