Surxondaryo viloyatidagi texnopark faoliyati o‘rganildi
Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan texnoparkning bugungi holati, mavjud imkoniyatlari va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rganish maqsadida Ta’lim va ilm-fan vazirligi ishchi guruhi raisi Ulug‘bek Toshkentboyev boshchiligida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayonda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ham ishtirok etmoqda.
O‘rganish davomida texnoparkning mavjud infratuzilmasi, ishlab chiqarish imkoniyatlari, innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, texnopark faoliyatini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35700
766










- 👍 5
- ⚡ 3
- ❤ 2
- 🕊 1