TGViewer
TDMAU | Rasmiy TDMAU | Rasmiy @terdmau · 12.8K subscribers
Post #35684 967
📰📰📰📰📰📰📰

🇺🇿🤝🇦🇿 Xonkendida O‘zbekiston–Ozarbayjon rektorlar forumi boshlandi

Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi shahrida “O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik” mavzusidagi II Rektorlar forumi o‘z ishini boshladi. 16–17-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan forum ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur forumda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev ham ishtirok etmoqda.

Nufuzli xalqaro tadbirda Ozarbayjonning 13 ta hamda O‘zbekistonning 17 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida jami 56 ta hamkorlik hujjatini imzolash rejalashtirilgan. Ushbu hujjatlar o‘zaro anglashuv memorandumlari, akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlariga oid kelishuvlarni qamrab oladi.

Forum O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, akademik almashinuvni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
  • 🕊 1
More from @terdmau
  1. Oct 16, 2026#xalqaro_hamkorlik #forum O‘zbekiston va Ozarbayjon oliygohlari rektorlarining II forumi b…
  2. Oct 16, 2026Milliy liboslar — milliy qadriyatlarimiz ko‘zgusi TDMAU Xotin-qizlar maslahat kengashi tas…
  3. Oct 16, 2026📰📰📰📰📰📰📰 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Ozarbayjonning…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →