TGViewer
Channel Public Channel
Temirov.uz

Temirov.uz

@temirovv_uz

Og'abek Temirov
Liderlik | Yoshlar siyosati |Menejment

🎓 TDIU Biznesni boshqarish
💼 O'zYI Toshkent bo'lim boshlig'i
🇺🇿 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoli
Subscribers
317
Photos
2K
Videos
202
Links
528
Recent Posts 3 shown
Post #2809 8.42K
✅ Toshkent shahrida "Hududiy koordinatorlar instituti" modeli faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

➡️ Toshkent shahar hududiy Kengashi qamrovida 98 ta oliy ta’lim tashkiloti mavjudligi, ularning shaharning turli hududlarida joylashgani hamda yoshlar yetakchilari bilan yanada yaqin va samarali hamkorlikni tashkil etish zarurati O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan yangi tashkiliy yondashuvni joriy etishni taqozo etmoqda.

📌 Shu maqsadda oliy ta’lim tashkilotlaridagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan birgalikda foydalanish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan "Hududiy koordinatorlar instituti" modeli tashkil etilmoqda.

📍 Mazkur tizim doirasida 98 ta oliy ta’lim tashkiloti hududiy joylashuvidan kelib chiqib, 9 ta hududiy guruhga birlashtirildi hamda 10 nafar yoshlar yetakchisi hududiy koordinator etib belgilandi.

📌 Yangi tizimga ko‘ra, tegishli hududdagi tayanch oliy ta’lim tashkilotining yoshlar yetakchisi hududiy koordinator vazifasini bajaradi. U o‘ziga biriktirilgan oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi, istiqbolli tashabbuslarni birlashtiradi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.

🙋 Hududiy koordinatorlar sifatida Uchtepa va Chilonzor tumanlariga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yoshlar yetakchisi Abdulaziz Abduraxmanov, Bektemir, Sergeli va Yangihayot tumanlariga Toshkent gumanitar fanlar universiteti yoshlar yetakchisi Muxammadamin Nosirjonov, Mirobod tumaniga Toshkent davlat transport universiteti yoshlar yetakchisi Alisher Eshmatov biriktirildi.

👤 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 19 ta oliy ta’lim tashkiloti bilan ishlash Geologiya fanlari universiteti yoshlar yetakchisi Ulug‘bek To‘xtayev hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti yoshlar yetakchisi Elbek Tursunkulovga biriktirildi.

🗣 Shuningdek, Olmazor tumaniga O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlar yetakchisi Daler Safarov, Shayxontohur tumaniga Toshkent kimyo-texnologiya instituti yoshlar yetakchisi Murodjon Bo‘riyev, Yakkasaroy tumaniga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar yetakchisi Surxonbek Xo‘jamurodov, Yashnobod tumaniga Toshkent shahridagi Adju universiteti yoshlar yetakchisi Abduazim Abduvoxidov hamda Yunusobod tumaniga Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar yetakchisi Umarjon Sobirov hududiy koordinator etib belgilandi.


✨ Yangi institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishi oliy ta’lim tashkilotlaridagi eng salohiyatli, tashabbuskor va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarni aniqlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, istiqbolli yosh kadrlarni shakllantirish hamda ularni yirik loyihalarga jalb etishdan iborat.

🖋 Bunda oliy ta’lim tashkilotlarining ixtisoslashuvi, ilmiy va intellektual salohiyatidan kelib chiqib, turli sohalarga oid loyihalarni ishlab chiqish, keng jamoatchilik e’tiborini qozonadigan brend loyihalarni yaratish hamda ularni bir nechta oliy ta’lim tashkiloti hamkorligida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

➡️ "Hududiy koordinatorlar instituti" modeli Toshkent shahridagi ko‘plab oliy ta’lim tashkilotlarining imkoniyatlarini o‘zaro birlashtirish, yoshlar yetakchilari o‘rtasida doimiy hamkorlik muhitini shakllantirish, eng yaxshi tashabbuslarni shahar va respublika miqyosiga olib chiqish hamda yangi avlod salohiyatli yosh liderlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.

🕊Temirov.uz
  • 🔥 5
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
Post #2808 4.92K
✅ Oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilarining respublika forumi bo‘lib o‘tadi!

👍 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan joriy yilning 9–11-oktabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida "Oliy ta’lim yetakchilarining forumi" o‘tkaziladi.

🗣Forumda respublikamizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jumladan, Toshkent shahridagi 91 ta oliy ta’lim tashkilotining yoshlar yetakchilari forumda qatnashadi.

📌 Uch kunlik forum davomida yoshlar yetakchilarining huquq va majburiyatlari, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, shaxsiy brendni shakllantirish, notiqlik mahoratini rivojlantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda yoshlar bilan ishlashning ilg‘or usullariga bag‘ishlangan seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

➡️ Shuningdek, forum doirasida "IELTS Marafon", "Suvni birgalikda asraymiz", "Yo‘lovchi" va "Kitob-top" loyihalari taqdimotlari, namunali boshlang‘ich tashkilotlarning ilg‘or tajribalari bilan tanishish, hududlararo tajriba almashish, intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

🙋 Forumning asosiy maqsadi oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ularning tashabbuskorligi hamda mas’uliyatini kuchaytirish, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.


🔎 Mazkur forum 2026/2027-o‘quv yilida yoshlar yetakchilari oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilash, samarali loyihalarni ommalashtirish hamda talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

🕊Temirov.uz
  • ❤ 3
  • 😍 2
  • 🔥 1
Post #2798 214
🎓 Yangi o‘quv yilidagi vazifalar va ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldik.

✅ 7-oktabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan poytaxtdagi oliy ta’lim tashkilotlari boshlang‘ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilarining 2026/2027-o‘quv yilidagi birinchi umumiy yig‘ilishini o‘tkazdik.

🔺Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida oldimizda turgan asosiy vazifalar, oliy ta’lim tashkilotlaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar bilan ishlashda yangi yondashuvlarni joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildik.


Men uchun eng muhim jihatlardan biri - har bir Yoshlar yetakchisi o‘z oliygohida shunchaki tadbir tashkilotchisi emas, balki yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydigan, ularning manfaatlarini ifodalaydigan va atrofida faol jamoani birlashtira oladigan haqiqiy yetakchiga aylanishidir.

🕊Temirov.uz
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @temirovv_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Temirov.uz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Temirov.uz have?
Temirov.uz (@temirovv_uz) has 317 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Temirov.uz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →