TGViewer
Temirov.uz Temirov.uz @temirovv_uz · 317 subscribers
Post #2808 5.09K
✅ Oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilarining respublika forumi bo‘lib o‘tadi!

👍 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan joriy yilning 9–11-oktabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida "Oliy ta’lim yetakchilarining forumi" o‘tkaziladi.

🗣Forumda respublikamizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari yoshlar yetakchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Jumladan, Toshkent shahridagi 91 ta oliy ta’lim tashkilotining yoshlar yetakchilari forumda qatnashadi.

📌 Uch kunlik forum davomida yoshlar yetakchilarining huquq va majburiyatlari, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, shaxsiy brendni shakllantirish, notiqlik mahoratini rivojlantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda yoshlar bilan ishlashning ilg‘or usullariga bag‘ishlangan seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

➡️ Shuningdek, forum doirasida "IELTS Marafon", "Suvni birgalikda asraymiz", "Yo‘lovchi" va "Kitob-top" loyihalari taqdimotlari, namunali boshlang‘ich tashkilotlarning ilg‘or tajribalari bilan tanishish, hududlararo tajriba almashish, intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

🙋 Forumning asosiy maqsadi oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, ularning tashabbuskorligi hamda mas’uliyatini kuchaytirish, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.


🔎 Mazkur forum 2026/2027-o‘quv yilida yoshlar yetakchilari oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilash, samarali loyihalarni ommalashtirish hamda talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

🕊Temirov.uz
  • ❤ 3
  • 😍 2
  • 🔥 1
More from @temirovv_uz
  1. Oct 9, 2026✅ Joriy yilning 8-oktabr kuni 1-sonli Ichki ishlar akademik litseyida O‘zbekiston yoshlar…
  2. Oct 8, 2026✅ Toshkent shahrida "Hududiy koordinatorlar instituti" modeli faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.…
  3. Oct 8, 2026🎓 Yangi o‘quv yilidagi vazifalar va ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldik. ✅ 7-oktabr kun…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →