TGViewer
Teacher Azam Teacher Azam @teacherazam · 41.1K subscribers
Post #3753 4.67K
“Bunaqa provokatsion vaqt boʻlmagan!” — BBC.

“Sun’iy” (Artificial) deb nomlangan yangi film taqdim etildi. Ushbu film OpenAI va uning asoschilari Sam Altman hamda Ilya Sutskeverlar haqida boʻlib, BBCning yozishicha, “film uchun bundanda provokatsionroq vaqt mavjud emasdi”.

Filmda Andrew Garfield OpenAI asoschisi Sam Altman rolini oʻynagan va 2025-yil sentabrida suratga olishi tugatilishiga qaramay, 2026-yil voqealarini juda yaxshi ochib bera olgan, masalan, AI agentlarining 2026-yil iyul oyidagi Hugging Face serveriga hujumi.

Tanqidchilar fikricha, film nimanidir bashorat qilgan emas, balki shunchaki “omadli” vaqtda chiqarilgan.

Aslida, film Amazon MGM Studios tomonidan suratga olingan, lekin keyinchalik studiya bu filmni chiqarmaslikni eʼlon qilgandi. Sabab? Manfaatlar toʻqnashuvi, chunki Amazon OpenAI bilan hamkorlik qilish uchun $50 million investitsiya kiritgandi. Oʻsha payt Amazon MGM Studios bayonotida: “Biz ishonamizki, bu film boshqa studiya tomonidan chiqarilsa yaxshi boʻladi”, deb yozgan. Filmni axiri Neon kompaniyasi sotib olgan.

Bu hafta film Nyu York Film Festivalida eʼlon qilingan va butun dunyo boʻylab keyingi yil boshidan efirlarga uzatilish boshlanar ekan.

Siz bu filmni koʻrgan boʻlarmidingiz?

✅@TeacherAzam
  • 😁 73
  • ❤ 38
  • 🔥 18
  • 👍 9
  • 😱 2
  • 🎅 1
More from @teacherazam
  1. Oct 10, 2026Post #3752
  2. Oct 9, 2026Tibbiyot mavzusida syomka ketayotgan edi, shunga ham so'rovnoma o'tkazdim) hammaga rahmat
  3. Oct 9, 2026Post #3750
  4. Oct 9, 2026Post #3749
  5. Oct 8, 2026Vabo tarqalmoqda(mi?) Rossiya Sibirdagi ikkinchi vabo holati haqidagi xabarlarni rad etdi,…
  6. Oct 7, 2026VOHMA QMIMIZ! BU SHUNCHAKI TEORIYALAR Mana elektrik okamizani audio xabarlari. Bilaman, ku…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →