TGViewer
TDIU | Yoshlar kanali TDIU | Yoshlar kanali @tdiu_official · 23.6K subscribers
Post #27452 1.59K

Forwarded from TDIU•TSUE•ТГЭУ

#Xushxabar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti birinchi prorektori "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak belgisi bilan taqdirlandi


📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-martdagi 43-sonli majlis bayoni (VM 30/16-43) ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi ommaviy sport musobaqalarining yangi mavsumiga rasman start berildi.

🔺Shu munosabat bilan 2026-yil 29-sentyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining markaziy studiyasi hamda hududiy studiyalarda tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun bir guruh oliy ta’lim tashkiloti vakillari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar. Quvonch bilan ta’kidlash joizki, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va sportni ommalashtirishdagi fidokorona xizmatlari uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Karimova Komila Daniyarovna "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda mukofotlandi.


⏩Ushbu yuksak mukofot Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida barkamol avlodni tarbiyalash, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport sohasiga qaratilayotgan tizimli e’tibor va amaliy sa’y-harakatlarning yorqin e’tirofidir.

Universitet jamoasi Komila Daniyarovnani ushbu sharafli mukofot bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
  • ❤ 7
  • 🔥 3
  • 👏 1
More from @tdiu_official
  1. Oct 3, 2026#Talaba_yugur #Sport “Talaba — yugur” musobaqasining Kuzgi mavsumi hamda respublika final…
  2. Oct 2, 2026🟦🟦🟦 “Zakovat” arenasida TDIU bilimdonlari jam bo‘ldi! ☑️ TDIU Zakovat klubi “Talabalar…
  3. Oct 2, 2026💟💟💟 Ertaga, 3-oktyabr, shanba kuni TDIU Yoshlar ittifoqi qoshidagi klublar hamda fakult…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →