“Zakovat” arenasida TDIU bilimdonlari jam bo‘ldi!
☑️ TDIU Zakovat klubi “Talabalar ligasi”ning yangi kuz-qish mavsumi saralash o‘yinlari “Zakovat” arenada bo‘lib o‘tdi.
▶️Intellektual bellashuvlar maydonida bu safar TDIU talabalari o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi. Qizg‘in muhokamalar, kutilmagan savollar va topilgan javoblar - har bir jamoa liga yo‘llanmasi uchun bor imkoniyatini ishga soldi.
🔥TDIU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Karimova Komila Daniyarovna ham Zakovat arenasiga tashrif buyurib, bilimdonlarning saralash bahslarini kuzatdi. Uning tashrifi talabalarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
📎 NATIJALAR
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram









