TGViewer
Channel Public Channel
Til va adabiyot ta’limi

Til va adabiyot ta’limi

@tat_jurnal

📍 “Til va adabiyot ta'limi” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan.

📍 Murojaat uchun: @TilAdabiyot_bot
Subscribers
3.09K
Photos
1.4K
Videos
330
Links
1.6K
Recent Posts 13 shown
Post #2835 225
#xabar #nodir_nusxa

Turkiyada saqlanib kelingan Alisher Navoiy asarlari jamlangan “Kulliyot” qo‘lyozmasining nodir nusxasi O‘zbekistonga olib kelindi.

⚡️Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga markazning “Buyuk siymolar galereyasi”da namoyish etiladigan mozaikali ravoqlar haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng Turkiya vaziri Alisher Navoiyning “Kulliyot” qo‘lyozmasining nodir nusxasini markazga tantanali ravishda taqdim etdi.

Mazkur qo‘lyozma Istanbul shahridagi Topqopi saroyi kutubxonasining Revan bo‘limida R. 808 raqami ostida saqlangan. Kitob 802 varaqdan iborat bo‘lib, 1495-yili Alisher Navoiy hayotlik davrida Darvish Muhammad Taqiy tomonidan ko‘chirila boshlangan va shoir vafotidan keyin yakunlangan.

📖 Kulliyot tarkibida Navoiyning 26 ta asari jamlangan bo‘lib, qo‘lyozma 2 ta miniatura, 24 ta zarhal sarlavha va 30 ta bezakli zahriya bilan bezatilgan.

Qo‘lyozma markazning Ikkinchi Renessans zalidagi Navoiy bo‘limiga joylashtirilgan.

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 🎉 2
  • ❤ 1
  • 🤩 1
Post #2833 357

Forwarded from Farrux Jabborbek

#jurnal #fiqra

“Bobolar izidan...” uch-to‘rt ming chaqirim yo‘l bosib, goh piyoda, goh ulovda yurib, goh uyda, goh yaylovda tunab, murodimiz hosil bo‘lib, safarimiz qarib, Toshkentga uchar chog‘i Qiziljar (xakascha: Хызыл чар; ruscha: Красноярск) aeroportida bir yurtdoshimiz bilan suh­batlashib qoldik. U bepoyon o‘lkaning yana shuncha ming chaqirim olisdagi go‘shasidan ishlab qaytayotgan ekan.

Yurakda ekspeditsiya taassurotlari hali qaynab turibdi, jo‘shib gapirib beryapmiz-u, akaning ko‘zlari pirpirab, miyasi­da savollar g‘ujg‘on o‘ynayotgani seziladi: Nima foyda? Indamaygina tirikchiligini qilib yursa bo‘lmaydimi? Pul topib, aql topmagan sayyohlarmikan?.. Maqsadimizni tushunmadi, rosti. Axiyri: “Bu yurishlaringni davlat ko‘taradi-da?” deya so‘radi beozorgina.

Xalqimiz davlat budjetiga savol qo‘yishni o‘rgana boshladi. Biroq ko‘pincha ho‘l-u quruqni baravar yoqib yuboramiz. Millatni millat qilib turadigan, o‘zagimizni o‘stiradigan loyihalarga xarajatni umuman ortiqcha hisoblaymiz. Vatandoshning muloyim savoli tagma’nosini tushundik, albatta. Safar xarajatlarini ko‘ngilli tadbirkor to‘laganini aytganimizda esa tamoman lol qoldi: shunaqa boylarimiz ham bormi hali?..

Endi mening miyamda savollar g‘ujg‘on o‘ynay boshladi: kimligimizni, maslagimizni qanday tushuntirsam ekan?

...Qadimda Zarafshon dar­yosiga kigiz tashlab qo‘yishgan, tog‘lardan oqib kelayotgan oltin zarralari yungga ilashib qolgan. Keyin olovda ma’danni eritib olishgan. Ziyoli o‘sha kigizga o‘xshaydi, shaxsiy tirikchiligini ko‘pam o‘ylamaydi. O‘zi yo­nib kul bo‘lsa-da, millatni oltin yombiga aylantirish uchun ya­shaydi...

Yo‘q, tarixdan timsol kel­tirishim havoga uchsa kerak, chunki tilla deyishim bilan yurtdoshimning qulog‘iga boshqa gap kirmasligi tayin. O‘sha daryo qayerda edi, haliyam kigiz tashlab ko‘rsa bo‘lmasmikan, deb surishtirishi ham mumkin, qaytanga.

...Agar usta bo‘lsangiz, imorat solishdan oldin tarhini taxminan tosh bilan belgilaysiz, keyin qoziq qoqib chiqasiz, keyin ular­ni chilvir bilan birlashtirasiz, keyin poydevor tashlab, devor ko‘tarib, tom yopasiz. Bobolar qoqib ketgan qoziqlarni biz ip bilan bir-biriga tutashtirib yuribmiz, desammi? Galdagi ishlarni bajaradigan er yigitlar ham chiqib qolar...

Mana, suvog‘i bizning qo‘li­mizdan keladi, metr kvadratiga qanchadan berasizlar, deb xizmatini taklif qilsa-ya?..

Bugungi o‘z foydasini ko‘zla­yotgan yurtdoshimdan xafa bo‘lishga haqqim yo‘q. U ham aslida bolalari uchun “kigiz” vazifasini o‘tayapti. Otasidan qolgan hovlini bo‘lib-bo‘lib tom solayotgandir o‘g‘illariga. Ertangi umummilliy foyda haqida qayg‘urishni, millat imoratini ba­land ko‘tarishni esa bir hovuch ziyolilarga “ishongan”.

– Biz ishlayotgan joyda boshqacha xalqlar bor, kam sonli. Ular ba’zida o‘z tilida gaplashsa, hayron bo‘laman, o‘zbek tiliga o‘xshab ketadi, – deb qolsami?

– E, bormisiz, aka? Mana shu iz bo‘ladi, bobolar izi shu! Haligi tosh, qoziq deganim ham shu! Faqat hozir hammamiz o‘z-o‘zimizcha yashayapmiz, o‘z kunimga o‘zim omon bo‘lay deb yashayapmiz...

Iz bo‘lmasa, biz bo‘lmaymiz.
Izlar qo‘shilib yo‘l bo‘ladi.
Suvlar qo‘shilib sel bo‘ladi.
So‘zlar qo‘shilib el bo‘ladi.
O‘zlar qo‘shilib biz bo‘lamiz.
Biz bo‘lamiz!

“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2026-yil 5-soniga kirishso‘z

🗄Farrux Jabborbek
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • 🔥 3
Post #2829 492
#jurnal
#mundarija

"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining Nazar Eshonqul ijodiga bag‘ishlangan maxsus soni chiqdi.

❤️‍🔥 Eslatib o‘tamiz, tahririyatimiz an'anaga ko‘ra, taniqli ijodkorlar merosiga bag‘ishlangan "Shoir kim?" va "Adib kim?" turkumidagi maxsus sonlarni o‘quvchilar e'tiboriga havola etib kelmoqda:

1. Xurshid Davron
2. Usmon Azim
3. Iqbol Mirzo
4. Eshqobil Shukur
5. Miraziz A’zam
6. Yo‘ldosh Eshbek
7. Faxriyor
8. Qutlibeka
9. Shukur Qurbon
10. Najmiddin Turon
11. Sirojiddin Sayyid
12. Guljamol Asqarova
13. Halima Ahmad
14. Bahrom Ro‘zimuhammad
15. Odil Ikrom
16. Abduqayum Yo‘ldosh

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 👍 4
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #2828 688
#yil_o‘qituvchisi

⚡️Qoraqalpog‘istonning chekka va olis Qonliko‘l tumanidagi 2-sonli maktab o‘qituvchisi Nigora Allambergenova "Yil o‘qituvchisi" respublika tanlovining mutlaq g‘olibi bo‘lib, naqd 616 million so‘m (52 ming dollar) pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Ushbu xushxabarni pedagogning o‘z tilidan eshitgan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning kayfiyati birdan ko‘tarilib, ular o‘rtasidagi samimiy muloqot barchani to‘lqinlantirib yubordi.

🤑Tanlovda respublikadagi 208 ta tuman g‘oliblarining barchasiga xuddi shuncha miqdorda mukofot berildi. Jami mukofot jamg‘armasi 128 mlrd 128 mln so‘mni tashkil qildi.

🎁 Ma’lumot uchun, ushbu tanlov har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi.

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 🔥 6
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 🤩 2
Post #2825 829
#hazil

🇺🇿🇨🇳Uyg‘ur qizi haqmi?

Videodagi uyg'ur qizi Asiyaning so‘z o‘yinidan keyin ko'pchilik o'ylanib qolishi tabiiy.

"Yuklarni joylashtirish" — bu ko'proq jismoniy harakatga, ya'ni narsalar yoki buyumlarni ma'lum bir joyga tartib bilan joylab chiqishga nisbatan ishlatiladi. O'zbek tilida faol qo'llanadi.

"O'rinlashtirish" fe'li esa ko'proq kishilar, xodimlarni ishga yoki muayyan vazifaga joy-joyiga qo'yish ma'nolarini bildiradi.

🤔Sizningcha yuklarga nisbatan qaysi so'z to'g'riroq va tushunarliroq chiqadi? Fikringizni izohlarda qoldiring.

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 👍 8
  • ❤ 2
  • 🤔 1
  • 🤩 1
Post #2824 3.17K
⚡️Rasman: Pedagoglarning barcha farzandlariga davlat OTMlari to‘lov-kontrakti uchun 30 foiz chegirma beriladi

2026-2027-o‘quv yilidan boshlab bu chegirma kunduzgi bakalavriat yo‘nalishida o‘qiydiganlar uchun amal qiladi. Agar o‘qituvchining bir nechta farzandi o‘qisa — har biri 30 foiz chegirmaga ega bo‘ladi.

Ariza kontrakt.edu.uz sayti orqali beriladi, ota-onaning maqomi esa avtomatik tarzda tekshiriladi.

Postni barcha tanish o‘qituvchilarga yuborib qo'ying.

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 🤝 3
Post #2822 768
#adib_kim?

"Til va adabiyot ta'limi" jurnalining navbatdagi qahramoni o‘zbek nasrining eng zargarona va istehzoli ovozi egasi.

🎯Sizningcha, bu ta'rif aynan qaysi adibimizga tegishli? Taxminlaringizni izohda yozib qoldirishingiz mumkin!

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #2820 946
Abdulla Qahhor 85 yillik
📀 ABDULLA QAHHORNING 85 YILLIK XOTIRA KECHASI

Ushbu xotira kechasi 1993-yili oʻtkazilgan va toʻgʻridan-toʻgʻri yozib olingan.

Tadbirni Said Ahmad olib borgan. Ozod Sharafiddinov, Uchqun Nazarov, O'tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Pirimqul Qodirov, Kibriyo Qahhorova va boshqa yozuvchi-shoirlar soʻzga chiqishgan.

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 👍 3
Post #2817 1.15K
#elektronjurnal
#Filologiya_Pedagogika

✨"Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnalining 2026-yilgi 16 (35)-soni bilan tanishing.

📌Elektron jurnal Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi "Til va adabiyot ta’limi" davlat muassasasi muassisligida nashr etiladi.

“Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.     

Jurnalni yuklab olish:  ⬇️2026-yil 16 (35)-son

✅Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi.

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 🔥 4
  • 👍 1
  • 🤩 1
Post #2816 1.4K
#bilasizmi?

Yangi alifbo uchun maxsus sayt va bot ishga tushdi

Kutilayotgan o‘zgarishlarga moslashishni osonlashtirish uchun Kontent markazi Undov.uz sayti va @undovbot servisini taqdim etadi.

Ushbu xizmat orqali matnlarni kiril, amaldagi lotin va takomillashtirilgan lotin yozuvi o‘rtasida tez va oson o‘girish mumkin. Shuningdek, hujjat fayllarini ham transliteratsiya qilish imkoniyati mavjud.

✅Platformadan foydalanish mutlaqo bepul. Iste'molchilarning matn va fayllari serverlarda saqlanmaydi.

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 🤝 1
Post #2815 1.6K
#kitob #xushxabar

🆕 Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani yangi nashri chiqdi

“Otamdan qolgan dalalar” romani – xalqimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytiradigan asar.

Farrux Jabborbek


📍 Xarid uchun:
@Sotuv_Zabarjad
+998904400560

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 👏 1
  • 🎉 1
  • 🤩 1
Post #2814 975
#sana

12-sentabr — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Shavkat Rahmon (1950 — 1996) tug'ilgan kun.

* * *
Nahot she’rlar aytdim
bo‘shliqqa qarab,
nahotki sovrildi olov so‘zlarim,
nahotki haq bo‘lsa, el-u yurt asli
quruq so‘zlar, degan gumroh do‘stlarim?!

Nahot, bekor o‘tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg‘otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!

Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug‘ dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!

🌐Sayt  ✈️  Telegram✅Murojaat  ♾Muhokama🌐Instagram
  • 🔥 7
  • 👍 3
  • 🤝 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @tat_jurnal without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Til va adabiyot ta’limi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Til va adabiyot ta’limi have?
Til va adabiyot ta’limi (@tat_jurnal) has 3.09K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Til va adabiyot ta’limi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →