#Qonunchilik_yangiliklar
❗️ Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi
Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.
🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.
📌 Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.
❌ Chegirma:
▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida;
▪️ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ;
▪️qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;
▪️xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida;
▪️ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
👨👩👧👦 Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.
📝 Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.
📲 Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi.
⏳Arizalar mas’ul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
📌 Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.
❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #51821
114K

- ❤ 46
- 👍 24