Strategik rejalashtirish: tahlildan aniq qarorgacha
Prezidentimiz tashabbusi bilan vazirlik va idoralarda strategik rejalashtirish bo‘linmalari, mahalliy hokimliklarda esa axborot-tahlil bo‘limlari tashkil etilgan.
Bugungi kunda mazkur bo‘linmalar strategik hujjatlarni ishlab chiqish, ularni muvofiqlashtirish, ijrosini monitoring qilish hamda natijalarni tahlil etish bilan shug‘ullanmoqda.
Videorolikda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi misolida strategik hujjatlarning shakllantirilishi, ularning ijrosi monitoringi, asosiy ko‘rsatkichlar tahlili va tahliliy ma’lumotlarning strategik qarorlarni ishlab chiqishga aylantirilishi aks etgan.
Raqamlarda: 3 ta tayyor strategik hujjat, 3 ta ishlab chiqilayotgan hujjat, 37 ta ko‘rsatkich va 6 ta raqamli platforma.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52253
6.19K