Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ularning bilim va salohiyatini roʻyobga chiqarish, katta maqsadlar sari intilishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
23-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida faollar bilan uchrashuvda ham yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning orzu va maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Ana shunday imkoniyatlardan biri Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani Toʻptik MFYda yashovchi, 48-umumtaʼlim maktabining 11-sinfida tahsil olayotgan Marjona Adhamjonova uchun ham katta ragʻbat boʻldi.
Marjona maktabdagi oʻqishi bilan bir qatorda xorijiy tillarni oʻrganishga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda. U ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatlarga ega. Ayni paytda u kelgusi yilda oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlish maqsadida tayyorgarlik koʻrmoqda.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Komiljon Komilov, Oltinkoʻl tumani hokimi Otavuolloxon Rasulov hamda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, “Nuroniy” uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi rahbari Oʻktamjon Oxunov Marjonaning xonadonida boʻlib, uni ushbu quvonchli voqea bilan tabrikladi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224776
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram


