TGViewer
Channel Public Channel
TashMed Iqtidorli talabalar

TashMed Iqtidorli talabalar

@tashmeduni_mth

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Iqtidorli talabalar rasmiy kanali
Subscribers
6.13K
Photos
90
Videos
32
Links
76
Recent Posts 14 shown
Post #232 4.3K
🇺🇿 Ba’zan ilm-fan hali hech kim javob topmagan oddiy bir savoldan boshlanadi... ❓
Millionlab insonlar hayot sifatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan dadil bir taxmindan…💡
Ilm-fan yo‘lida birlashayotgan amaliyotchi shifokorlar o‘rtasidagi ochiq muloqotdan… 🔬🩺
Tez orada… ⏳🧬
🇷🇺 Иногда наука начинается с простого вопроса, на который еще никто не дал ответа... ❓
С одного смелого предположения, которое меняет качество жизни миллионов людей. 💡
С открытого диалога между практикующими врачами, объединяющихся ради науки. 🔬🩺
Скоро… ⏳🧬
🇬🇧 Sometimes, science begins with a simple question that no one has answered yet... ❓
With one bold hypothesis that could transform the quality of life for millions of people. 💡
With an open dialogue among practicing physicians united by a shared commitment to science. 🔬🩺
Coming soon… ⏳🧬
https://t.me/endocrinett
🇺🇿Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • 🔥 7
  • ❤ 6
Post #230 3.06K
1 kurslar bormi kanalda nechtasilar, silar uchun alohida yangiliklar bor!🤩
  • ❤ 92
  • 🔥 52
  • 👍 16
  • 🤩 6
  • ❤‍🔥 3
  • 👨‍💻 3
  • ⚡ 2
  • 🏆 1
  • 😘 1
Post #229 3.26K
🏆2026 yilning 09-10 oktyabr kunlari Rossiyaning Kuban Davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya Yuga – 2026” xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 8 tibbiyot oliygohlaridan tashrif buyurgan 16 ta ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari Xalqaro xay’at a’zolari tomonidan baholandi.

🥇Ushbu olimpiadada Toshkent davlat tibbyot universitet jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va faxrli o‘rinlarni egalladi:
🔺Saydaminova Gulchexra – Тerapevtik stomatologiya – 1 o‘rin
 🔺Abdualiyeva Dilnoza – Тerapevtik stomatologiya – 3 o‘rin

🇺🇿Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • 👍 19
  • ❤ 7
  • 😍 6
  • 🏆 5
  • ⚡ 2
  • 🔥 1
Post #228 1.98K

Forwarded from

🇺🇿Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda

Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lgan mazkur e’tirof o‘z sohasining chinakam yetakchisi bo‘lgan, iqtidorli va tashabbuskor qizlarimizni izlamoqda.

Mukofotga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, a’lo xulqi, noyob iste’dodi hamda so‘nggi uch yil mobaynida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.

Joriy yilgi tanlovning eng muhim yangiligi shundaki, an’anaviy ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari qatoriga “tibbiyot” yo‘nalishi ham qo‘shildi. Endilikda iqtidorlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha saralanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi hamda o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.

O‘z iqtidoringizni namoyon eting va yuksak e’tirofga sazovor bo‘ling!

✔️Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting

#Zulfiya #nomzodlar2026

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
  • ❤ 5
  • ⚡ 2
Post #227 2.3K

Forwarded from

#diqqat

9 ta oliy ta’lim muassasasida talabalar startap loyihalarini rivojlantirish uchun akseleratorlar ishga tushirilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosi doirasida mamlakatimizdagi 9 ta oliy ta’lim muassasasida “Oliygohlar — startaplar generatori” tashabbusi amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi talabalarning innovatsion g‘oyalarini istiqbolli biznes loyihalariga aylantirish, yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni startap ekotizimiga jalb etishdan iborat.


Tashabbus oliy ta’lim muassasalari, IT Park va “UzVC” milliy venchur jamg‘armasi hamkorligida amalga oshiriladi. Hamkorlar talabalarga loyihalarni rivojlantirish, biznes modelini ishlab chiqish, mahsulotni bozorga olib chiqish hamda investitsiya jalb etishga tayyorgarlik ko‘rishda amaliy yordam beradi.

Akseleratsiya jarayoni to‘rt oy davom etib, 96 soatlik nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni qamrab oladi. Talabalar g‘oyalarni shakllantirish va baholash, biznes-reja tuzish, marketing, moliyaviy rejalashtirish, investorlar bilan ishlash hamda loyihalarni taqdim etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.

Akseleratorlar quyidagi 9 ta oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritadi:
1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
2. Toshkent shahridagi Inha universiteti;
3. Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
4. Toshkent farmatsevtika instituti;
5. Toshkent davlat agrar universiteti;
6. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti;
7. Cyber University davlat universiteti;
8. “Yangi O‘zbekiston” universiteti;
9. Toshkent shahridagi Amiti universiteti.


Yakuniy bosqichda istiqbolli loyihalar saralanib, ularni korporativ hamkorlar, grantlar va investorlar bilan bog‘lashga ko‘maklashiladi. Bu talabalarga o‘z g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, startaplarini rivojlantirish va ularni mustaqil biznes loyihalariga aylantirish imkonini beradi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalarining axborot xizmatlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
  • ❤ 2
Post #224 6.72K
Axborot_xati_Fan_va_innovatsiyalar_UZ (2).docx66.4 KB Information_Letter_Science_and_Innovation_EN (2).docx63.5 KB Информационное_письмо_Наука_и_инновации_RU_2.docx65.8 KB
📢 Yosh olimlar uchun katta imkoniyat!

«Fan va innovatsiyalar» yosh olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyasi o'tkazilmoqda. Ilmiy yutuqlaringizni ilmiy jamoatchilik va potensial investorlarga taqdim eting.

📅 Sana: 2026-yil 13-noyabr
📍 Joy: Toshkent sh.
🗣 Tillar: o'zbek, rus, ingliz
💸 Ishtirok: bepul

🔬 Yo'nalishlar:
• Zamonaviy biotexnologiyalar va biotibbiyot
• Genomika, molekulyar genetika va bioinformatika
• Molekulyar patofiziologiya va farmakologiya
• Kimyo va nanotexnologiyalar

🎤 Ishtirok shakllari: og'zaki ma'ruza, poster ma'ruza yoki sirtdan.
📚 Konferensiya materiallari to'plamiga ISBN va DOI beriladi. Ishtirokchilarga sertifikat ham taqdim etiladi.

📝 Ariza topshirish: elektron ariza to'ldirib, tezisni (2 sahifagacha) biriktirish kerak.
⏰ Oxirgi muddat: 2026-yil 15-oktabr! Undan keyin kelgan arizalar ko'rib chiqilmaydi.

🔗 https://taplink.cc/cat_science.uz
Ilmiy ishingiz bo'lsa, imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 🚀

🇺🇿Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉 @tashmeduni_mth
  • 🔥 4
  • ⚡ 2
  • ❤‍🔥 1
Post #223 14.3K
🔹🟦🟦🟦🟦🟦

“ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari diqqatiga!
Universitet talabalarini innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.
Tanlovda o‘z innovatsion g‘oyasi, startap loyihasi yoki amaliy yechimiga ega bo‘lgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
TANLOV BOSQICHLARI
🔴 27-oktabr — arizalarni qabul qilishning yakuniy muddati.
🔴 30-oktabr — loyihalarni mentorlar va spikerlarga taqdim etish.
🔴 2–6-noyabr — akseleratsiya dasturi.
🔴 7-noyabr — yakuniy taqdimot — Pitch Day.
G‘OLIBLAR UCHUN MUKOFOTLAR
🥇 1-o‘rin — 50 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 30 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 20 000 000 so‘m
G‘oliblar pul mukofotlari bilan bir qatorda qimmatbaho sovg‘alar bilan ham taqdirlanadi.
RO‘YXATDAN O‘TISH
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi Google Form orqali ariza topshiring:
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://forms.gle/7fw3A2oHBToQgRJUA
Arizalarni topshirish muddati: 27-oktabr.
Innovatsion g‘oyangizni amalga oshirish, tajribali mentorlar bilan ishlash va loyihangizni keng miqyosda namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
G‘oyangizni taqdim eting — kelajakni birgalikda yarating!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti

🇺🇿Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • ❤ 9
  • 🔥 3
Post #222 3K
MVP (MINIMUM VIABLE PRODUCT) — STARTAP LOYIHASINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM BOSQICHI
MVP (Minimum Viable Product) — mahsulotning eng muhim funksiyalarini o‘z ichiga olgan, real foydalanuvchilar ehtiyojini o‘rganish va dastlabki biznes gipotezalarini tekshirish uchun ishlab chiqiladigan minimal ishlaydigan versiyasidir.
MVPning asosiy maqsadi — katta moliyaviy va vaqt resurslarini sarflashdan oldin mahsulotga bo‘lgan talabni aniqlash, foydalanuvchilardan fikr-mulohazalar olish hamda keyingi rivojlanish yo‘nalishini belgilashdan iborat.
MVPni ishlab chiqishning asosiy vazifalari:
Maqsadli auditoriyaning ehtiyojlarini aniqlash.
Mahsulotning asosiy funksiyalarini belgilash.
Dastlabki versiyani ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish.
Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari va foydalanish natijalarini tahlil qilish.
Olingan natijalar asosida mahsulotni takomillashtirish.
Misol: Talabalar uchun ta’lim platformasi ishlab chiqilayotgan bo‘lsa, dastlab test ishlash va natijalarni ko‘rish kabi asosiy funksiyalar joriy etilishi mumkin. Keyingi bosqichlarda foydalanuvchilar ehtiyoji va sinov natijalariga qarab qo‘shimcha funksiyalar kiritiladi.
Muhim jihat: MVP sifatsiz yoki to‘liq ishlamaydigan mahsulot degani emas. U muayyan muammoni hal qilish va dastlabki gipotezalarni tekshirish uchun yetarli funksionallikka ega bo‘lishi lozim.
Xulosa: MVP — startap g‘oyasini amaliyotda sinash, bozor talabini baholash va mahsulotni dalillarga asoslangan holda rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim vositadir.
Manba:https://youtu.be/YwEEV0wHnaA?si=wRHtbI58uLWCAsp8
🇺🇿Tоshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • ❤ 7
  • 🔥 2
Post #221 8.6K
•901 nafar ishtirokchidan 831 nafari (92,2%) keldi, 70 nafari (7,8%) kelmadi.
•753 nafar ishtirokchi muvaffaqiyatli o'tdi: kelganlarning 90,6% i va umumiy sonning 83,6% i.
•78 nafar ishtirokchi o'tish ballini to'play olmadi (kelganlarning 9,4% i).
•Jami 148 nafar ishtirokchi o'tmadi (umumiy sonning 16,4% i): 78 nafari ball to'plamay olmadi, 70 nafari kelmadi.
•O'tganlar orasida natijalar 54,5% dan 97% gacha oraliqda.
🇺🇿Tоshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • ❤ 17
  • 🔥 9
  • ⚡ 6
  • 💯 2
Post #220 8.05K
2-Test bosqichi natijalari 901 ta.pdf414.2 KB
🔹🟦🟦🟦🟦🟦
Toshkent davlat tibbiyot universitetida ta’sis etilgan nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar tanlovining 2-bosqich Test bosqichi natijalari!

🟩 Belgilangan o'tish balidan yuqori to'plab, keyingi bosqichga o'tgan talabalar;
🟨 Belgilangan o'tish balidan past to'plab, tanlovdan chetlashtirilgan talabalar;
🟥 Belgilangan vaqtda Test bosqichida ishtirok etmagan, tanlovdan chetlashtirilgan talabalar;
🇺🇿Tоshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • 🔥 9
  • 👍 7
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🎉 1
  • 🏆 1
  • 👨‍💻 1
Post #219 3.1K
🔹🟦🟦🟦🟦🟦
Yaqin kunlarda Startaperlar uchun juda katta mega loyiha bo'lishi kutilmoqda!
Tanlov g'oliblari uchuni 100 mln so'm ajratish ko'zda tutilgan! Bu faqatgina Universitet bosqichi uchun!
Respublika bosqichida esa 500 mln so'm ajartilgan!
Innovatsion loyihasi mavjud bo'lgan talabalar imkon boricha Loyihangizni MVP modeli tayyor bo'lsin!

🇺🇿Tоshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • 🏆 9
  • 🤩 5
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 😍 1
  • 💯 1
Post #218 10K
MEDLY MERIT 2026

Har bir tibbiyot talabasining salohiyatini faqat sertifikatlar yoki mukofotlar bilan baholab bo‘lmaydi.

Kimdir ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.
Kimdir jamoalarda yetakchilik qiladi.
Kimdir esa o‘z yo‘lini endi boshlagan bo‘lsa-da, tibbiyotga qiziqishi va rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchli.


MEDLY MERIT 2026 ana shunday talabalarni bir joyga jamlash uchun tashkil etilmoqda.

🤝Tadbir MEDLY tomonidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tanlov faqat yutuqlaringizga asoslanmaydi. Shuning uchun hali katta portfolio yoki ko‘plab sertifikatlarga ega bo‘lmasangiz ham, o‘z yo‘lingizni qurayotgan bo‘lsangiz, ariza topshirishingiz mumkin.

📅 Muhim sanalar
- Ariza topshirishning oxirgi kuni: 31-oktabr 2026
- Tadbir sanasi: 15-noyabr 2026

MEDLY MERIT 2026 haqida barcha ma’lumotlar va ariza topshirish formasi saytimizda mavjud:
🔗 Havola

📲 Yangiliklar va e’lonlar: @MEDly_uz

🇺🇿Tоshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • ❤ 12
  • 🔥 6
  • 🤩 2
Post #211 2.89K

Forwarded from

GENESIS XIRURGIYA KLUBINING OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Genesis xirurgiya klubi tomonidan talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir EMU universiteti va Toshkent davlat tibbiyot universitetlari bilan hamkorlik natijasida tashkil etilib, unda EMU universiteti OXTA kafedrasi mudiri Gulmanov Ilyich Djumabayevich, Toshkent davlat tibbiyot universitetining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sayfiddin Hoji Kadriddin Shuhratovich hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetining iqtidorli talabalari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi - talabalarning xirurgiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy jarrohlik yo‘nalishlari bilan tanishtirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

BATAFSIL:

RASMIY SAHIFALAR
  • ❤ 5
  • ⚡ 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🔥 2
  • 🤩 1
  • 😍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @tashmeduni_mth without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for TashMed Iqtidorli talabalar: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does TashMed Iqtidorli talabalar have?
TashMed Iqtidorli talabalar (@tashmeduni_mth) has 6.13K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does TashMed Iqtidorli talabalar know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →