TGViewer
TashMed Iqtidorli talabalar TashMed Iqtidorli talabalar @tashmeduni_mth · 6.12K subscribers
Post #223 14.4K
🔹🟦🟦🟦🟦🟦

“ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVI

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari diqqatiga!
Universitet talabalarini innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.
Tanlovda o‘z innovatsion g‘oyasi, startap loyihasi yoki amaliy yechimiga ega bo‘lgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
TANLOV BOSQICHLARI
🔴 27-oktabr — arizalarni qabul qilishning yakuniy muddati.
🔴 30-oktabr — loyihalarni mentorlar va spikerlarga taqdim etish.
🔴 2–6-noyabr — akseleratsiya dasturi.
🔴 7-noyabr — yakuniy taqdimot — Pitch Day.
G‘OLIBLAR UCHUN MUKOFOTLAR
🥇 1-o‘rin — 50 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 30 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 20 000 000 so‘m
G‘oliblar pul mukofotlari bilan bir qatorda qimmatbaho sovg‘alar bilan ham taqdirlanadi.
RO‘YXATDAN O‘TISH
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi Google Form orqali ariza topshiring:
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://forms.gle/7fw3A2oHBToQgRJUA
Arizalarni topshirish muddati: 27-oktabr.
Innovatsion g‘oyangizni amalga oshirish, tajribali mentorlar bilan ishlash va loyihangizni keng miqyosda namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
G‘oyangizni taqdim eting — kelajakni birgalikda yarating!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti

🇺🇿Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

👉
@tashmeduni_mth
  • ❤ 9
  • 🔥 3
More from @tashmeduni_mth
  1. Oct 15, 2026🇺🇿 Ba’zan ilm-fan hali hech kim javob topmagan oddiy bir savoldan boshlanadi... ❓ Millio…
  2. Oct 14, 2026TashMed Iqtidorli talabalar pinned a video
  3. Oct 14, 20261 kurslar bormi kanalda nechtasilar, silar uchun alohida yangiliklar bor!🤩
  4. Oct 13, 2026🏆2026 yilning 09-10 oktyabr kunlari Rossiyaning Kuban Davlat tibbiyot universitetida “Sto…
  5. Oct 13, 2026🇺🇿Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda Yur…
  6. Oct 12, 2026#diqqat 9 ta oliy ta’lim muassasasida talabalar startap loyihalarini rivojlantirish uchun…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →