TGViewer
Ta'lim bering Ta'lim bering @talim_ber · 4.93K subscribers
Post #223 4.81K
🟢Rahimov School (Lokomotiv filial) jamoasiga o'quvchilarimiz uchun haqiqiy avtoritet, qat'iy intizom namunasi va chinakam «katta aka» bo'la oladigan kurator kerak.

Ideal nomzodimiz — 30 yoshlar atrofidagi, zamonaviy yoshlar trendlarini yaxshi tushunadigan, ular bilan bir tilda gaplasha oladigan, lekin ayni paytda o'zbekona qadriyatlar, andisha va milliy tarbiyani o'zida mustahkam saqlagan yigit kishi.
Biz uchun ustozlikda ongli va yetuk yondashuv, shuningdek, ayni shu yoshda to'liq shakllanadigan mustahkam iroda, hayotiy va kasbiy tajriba darajasi muhim ahamiyatga ega.

🟢 Talablar:
Yosh va jins: Taxminan 30 yoshlardagi erkak kishi (o'quvchilarimizga aynan qat'iyatli «katta aka» timsoli zarur).
Dunyoqarash: Zamonaviylik va milliy qadriyatlar balansi — yoshlar madaniyatini tushunish, shu bilan birga ularga o'zlik va hurmat qadriyatlarini singdira olish.
Ma'lumot: Oliy ma'lumot (psixologiya, sotsiologiya, pedagogika yo'nalishlari bitiruvchilariga ustunlik beriladi).
Tajriba: Ta'lim sohasida kurator, tyutor yoki ustoz sifatida ishlagan tajriba.
Xarakter: Shaxsiy chegaralarni o'rnata olish, intizomni diqqat markazida saqlash va sinf uchun qat'iy, ammo adolatli yetakchi bo'lish qobiliyati.
Mas'uliyat: Jamoa muhiti va o'quvchilarning akademik o'zlashtirishi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga tayyorlik.


🟢 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz:
Rasmiy faoliyat: Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til.
Barqarorlik: Oyda 2 marta maosh olish (avans va oylik).
O'sish: Har o'quv yili oshirib boriladigan ish haqi.
Ijtimoiy himoya: O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari.
Work-life balance: Ish vaqtidan so‘ng ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati (biz xodimlarning shaxsiy chegaralarini qadrlaymiz).
Aniq bonuslar: Farzandingiz maktabimizda o‘qishi uchun 3 250 000 so'mgacha chegirma.
Mazali tushlik: Maktab hududida maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar.
Rivojlanish: Muntazam maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan trening va kurslar.


🟢  Ishga kirish uchun: — Arizangizni botdagi «Qaynoq ish o‘rinlari 🔥» tugmasi orqali qoldiring: @rahimovschool_jbot
  • ❤ 17
  • 🔥 12
  • 👍 7
More from @talim_ber
  1. Oct 1, 2026Ustozlarimiz — maktabimiz yuragi.💚 Bayramingiz muborak! Sizga sihat-salomatlik, oilaviy b…
  2. Sep 21, 2026🟢Rahimov school Fargʻona filialining yuqori sinf qizlari uchun ularning kundalik hayotida…
  3. Sep 7, 2026🟢Javoningizda Jan Piaje va Abdulla Avloniy qarashlari yonma-yon turibdimi? G‘arb metodika…
  4. Sep 2, 2026🟢 Rahimov School Farg'ona filiali o‘z jamoasiga administratorni taklif etadi! 🟢Doimiy is…
  5. Aug 31, 2026📢 Oldingi e’lonimizning davomi sifatida, quyidagi vakansiyalar bo‘yicha ham ochiq suhbatl…
  6. Aug 31, 2026🎯 9000+ arizachi. 5 bosqichli saralov. 90 nafar yangi hamkasb. 2026–2027 o‘quv yili uchun…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →