TGViewer
Ta'lim bering Ta'lim bering @talim_ber · 4.93K subscribers
Post #218 14.8K
🎯 9000+ arizachi. 5 bosqichli saralov. 90 nafar yangi hamkasb.

2026–2027 o‘quv yili uchun Rahimov School jamoasiga qo‘shilish istagida maxsus botimizdan ariza to'ldirgan 9000+ nomzod orasidan 5 bosqichli saralov jarayoni orqali 90 nafar yangi hamkasbimizni tanladik.

Ya’ni, har 100 nafar arizachidan atiga 1 nafari Rahimov School jamoasining yangi a’zosiga aylandi.

🏫 Rasman e’lon qilamiz: deyarli barcha o‘qituvchilik vakansiyalarimiz yopildi.

Ammo Rahimov School jamoasiga qo‘shilish imkoniyati hali ham mavjud.

🔥 Eng so‘nggi ochiq vakansiyalarimizdan biri — KURATOR lavozimi.

Hozirda quyidagi filiallarimizda 3 ta bo‘sh o‘rin mavjud:

📍 1 ta — Ibn Sino
📍 1 ta — Lokomotiv
📍 1 ta — Farg‘ona

🗓 Bugun — OCHIQ SUHBATLAR

Toshkent uchun
⏰ 11:30–18:30
📍 Rahimov School, Ibn Sino filiali

Farg'ona uchun
⏰ 11:30–18:30
📍 Rahimov School, Farg'ona filiali

Tanlov komissiyasi nomzodlar bilan jonli suhbat o‘tkazadi.

Eng muhimi — munosib nomzodlar uchun suhbatdan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat shartnomasi taklif qilinishi mumkin.

👤 Kimlarni kutamiz?

• 27 yoshdan katta, oilali erkaklar
• Oliy ma’lumotga ega
• Ta’lim sohasida ish tajribasiga ega
• O‘qituvchilik yoki sinf rahbarligi tajribasi mavjud bo‘lsa — ustunlik
• Chet tillarini bilsa — ustunlik
• O‘quvchilarni ruhlantira oladigan, shaxsiy yutuqlarga ega nomzodlar — ustunlik

Yuqoridagi talablarga mos kelsangiz bugun sizni ko'rsatilgan vaqtda va manzilda kutamiz.

🚀 Kuratorlik — bu shunchaki ish emas.

Bu — Rahimov School tizimini ichidan o‘rganish, o‘zingizni ko‘rsatish va keyingi bosqichda o‘qituvchilik yoki boshqaruv jamoasiga o‘tish imkoniyati.

Agar siz ham Rahimov School jamoasining bir qismi bo‘lishni istasangiz, bugun jonli suhbatga keling.

📩 Ishtirok etish uchun: @HeisIslombek
  • ❤ 15
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • 🎉 2
More from @talim_ber
  1. Oct 1, 2026Ustozlarimiz — maktabimiz yuragi.💚 Bayramingiz muborak! Sizga sihat-salomatlik, oilaviy b…
  2. Sep 21, 2026🟢Rahimov school Fargʻona filialining yuqori sinf qizlari uchun ularning kundalik hayotida…
  3. Sep 9, 2026🟢Rahimov School (Lokomotiv filial) jamoasiga o'quvchilarimiz uchun haqiqiy avtoritet, qat…
  4. Sep 7, 2026🟢Javoningizda Jan Piaje va Abdulla Avloniy qarashlari yonma-yon turibdimi? G‘arb metodika…
  5. Sep 2, 2026🟢 Rahimov School Farg'ona filiali o‘z jamoasiga administratorni taklif etadi! 🟢Doimiy is…
  6. Aug 31, 2026📢 Oldingi e’lonimizning davomi sifatida, quyidagi vakansiyalar bo‘yicha ham ochiq suhbatl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →