Vakansiya: Kumon Ta'lim Loyihasi Koordinatori
Biz haqimizda:
Yaponiya ta'lim tizimining dunyoga mashhur Kumon metodologiyasini O‘zbekiston bo‘ylab tatbiq etayotgan jamoamizga mas’uliyatli, dinamik va o‘sishga intiluvchan 2 nafar loyiha koordinatorini taklif etamiz.
Asosiy vazifalar:
• Kumon ta’lim dasturining hududiy va mahalliy loyihalarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish.
• Ta’lim maskanlari hamda hamkorlar bilan doimiy aloqa va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish.
• O‘quv yili boshida va oxirida respublika viloyatlariga xizmat safarlarida (komandirovka) loyihalarni bevosita nazorat qilish.
• Yaponiya ish tutumi va madaniyatiga muvofiq ravishda hisobotlar hamda hujjatlar bilan ishlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
• Yosh chegarasi: 18 – 45 yosh.
Tillar:
• Rus tili — erkin muloqot va yozishma (Fluency).
• Ingliz tili — kamida Intermediate (B1/B2) darajasi.
Shaxsiy fazilatlar:
• Yapon madaniyatiga xos bo‘lgan mas’uliyat, punktuallik, xushmuomalalik va mehnatsevarlik.
• O‘quv yili boshida va yakunida viloyatlarga xizmat safarlariga (komandirovka) tayyorlik.
• Jamoada ishlash va muammolarni operativ hal qilish ko‘nikmasi.
Xizmat safarlari va doimiy harakat talab etilgani bois erkin grafikda ishlay oladigan nomzodlar (xususan, yigitlar va komandirovkaga tayyor ayollar) taklif etiladi.
Biz taqdim etamiz:
• Ish haqi: $600 – $800 (suhbat va tajribaga qarab belgilanadi).
• Ish grafigi: Dushanba – Shanba (Moslashuvchan/Flexible grafik).
Asosan online ishlanadi: 70% online, 30% offline.
Xizmat safarlari: Barcha komandirovka xarajatlari loyiha tomonidan qoplanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ibn Sino mavzesi.
Karyera: Xalqaro ta’lim standartlari asosida tajriba oshirish va professional o‘sish imkoniyati.
Arizani topshirish:
Agarda siz ushbu mezonlarga mos kelsangiz va xalqaro ta’lim loyihasining bir qismiga aylanishni istasangiz, rezyumengizni (CV) yuboring:
Telegram: @muhammadjonyuldoshev
MCHJ Math Alliance
Telefon: +998909276777
Post #214
7.41K

- ❤ 18