TGViewer
Channel Public Channel
SUV | BRM

SUV | BRM

@suvbrm

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi

🏢Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 1

📍faceboo:https:www.facebook.com/suvbarqarorrivojlan
📍instagram: www.instagram.com/suv.brm/
📍youtube: http://www.youtube.com/@suvbrm

Xatlar uchun: suvbrm@gmail.com
Subscribers
1.99K
Photos
395
Videos
93
Links
345
Recent Posts 15 shown
Post #556 90
#SuvKodeksi

🫴 SUV KODEKSIGA SHARH | SUVDAN FOYDALANISHDA SANITARIYA TALABLARI

📖 Suv kodeksining 36-moddasiga ko‘ra, suvdan va suv obyektlaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari belgilanadi.

Ushbu talablarga rioya etmaslik aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun asos bo‘ladi.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • 👍 3
  • 🔥 3
Post #555 99
#HaftaDayjesti

🗓 O‘tgan hafta suv sohasi, tabiatni asrash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va xalqaro hamkorlikka oid qator muhim materiallar e’lon qilindi.

🐠 Olimjon va baliqning suhbati – tabiatni asrash va suvni tejash har birimizning oddiy kundalik harakatimizdan boshlanishini eslatadi.

🧊 Geotekstil qoplama: muz erishi 40 foizga kamaydi. Piskom daryosi havzasidagi O‘rta Barqiroq muzligida muz erishini kamaytirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari olib borildi.

😠 Rimda Yevropa – O‘rta yer dengizi suv forumi – 29-sentabrdan 2-oktabrgacha suv resurslari va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🚀 16 mingdan ortiq inshoot sho‘r suvni chuchuk suvga aylantirmoqda. Dunyoda 300 milliondan ortiq kishi chuchuk suv ehtiyojining bir qismini sho‘rsizlantirish orqali qondirmoqda.

📹 Suv kodeksiga sharh: 32, 33, 34, 35-moddalarda suv olish tartibi, suv olish kvotasi va limiti, suvdan oqilona foydalanish hamda suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha muhim talablar yoritildi.

🔤 Suv Alifbosi: K – Kanal. Suvni bir joydan boshqa joyga yetkazib berish uchun qurilgan sun’iy o‘zan.

🔔 Qariyb 1200 yillik suv o‘lchash texnologiyasi. Ahmad al-Farg‘oniy tomonidan yaratilgan “Miqyosi Nil” nilometri Nil daryosi suv sathini o‘lchashda muhim ahamiyat kasb etgan.

📚 Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bilim va tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni e’tirof etildi.

♟ O‘zbekiston shaxmatchilari – Olimpiada chempioni! Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

📲 Batafsil materiallar – kanalimizda!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #554 105
#SuvKodeksi

🫴 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV VA SUV OBYEKTLARIGA ZARARLI TA’SIRNING CHEKLANGAN NORMATIVLARI
 
📖 Suv kodeksining 35-moddasiga ko‘ra, suv va suv obyektlariga zararli ta’sirning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan normativlari suvlarni ekologik, sanitariya va texnik talablarga muvofiq holatda saqlashga qaratilgan.

Bunda:
☑️ suv ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik;
☑️ zararli moddalarning belgilangan me’yordan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik;
☑️ zararli oqizilishlarning cheklangan normativlariga rioya qilish;
☑️ favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini ko‘rish talab etiladi.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • ❤ 3
  • 👍 2
  • 🔥 2
  • 👏 2
Post #553 174
#Bilasizmi

QARIYB 1200 YILLIK SUV O‘LCHASH TEXNOLOGIYASI


😀IX asrda buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniy birinchi gidrolog sifatida Misrda Nil daryosi suv sathini o‘lchash uchun “Miqyosi Nil” – nilometrni yaratgan.

🫴 Bobomiz Ahmad al-Farg‘oniy ko‘rsatmalari asosida 861-yilda qurilgan inshoot Nil suv sathini aniq kuzatish imkonini bergan. Bu esa qadimgi Misrda qishloq xo‘jaligi va suv bilan bog‘liq qarorlar uchun muhim bo‘lgan.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • 👍 3
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #552 119
#SuvKodeksi

💧 SUV KODEKSIGA SHARH | SUVNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISHNI NORMALASHTIRISH
 
📖 Suv kodeksining 34-moddasiga ko‘ra, suvdan oqilona va barqaror foydalanish, suv resurslarini saqlash hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash – asosiy maqsaddir.

Buning uchun:
🎲suvning zarur miqdori va normativ tozaligi saqlanadi;
🎲suv florasi va faunasi muhofaza qilinadi;
🎲suv havzalarining ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
🎲 suv olish va oqova suvlarni chiqarish me’yorlari belgilanadi;
🎲 yer usti va yer osti suvlarini me’yordan ortiq qaytarmasdan olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #551 144
📚 1-OKTABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI

🫴 Har bir bilim – bir tomchi, ustoz esa shu tomchilarni daryoga aylantiradi.

📚 Ustoz – ilm bulog‘i, suv – hayot bulog‘i. Ikkalasini ham qadrlash – kelajakni asrashdir.

Barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • ❤ 4
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #550 144
#SuvKodeksi

🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV OLISHDA QANDAY TARTIBLARGA RIOYA QILISH KERAK?

📖 Suv kodeksining 33-moddasiga ko'ra, suv obyektlaridan suv olish belgilangan suv olish kvotasi va limiti doirasida amalga oshiriladi.

Suv olishni rejalashtirgan suvdan foydalanuvchilar 10 kun oldin buyurtmanoma taqdim etishi kerak. Unda suv olish joyi, muddati, hajmi va maqsadi ko‘rsatiladi.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #549 153
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔤 Bugungi harf – K. KANAL

😀 Kanal – suvni bir joydan boshqa joyga yetkazib berish uchun qurilgan sun’iy o‘zan.

🌊 Kanallar orqali suv:
– ekin maydonlariga yetkaziladi;
– aholi va sanoat ehtiyojlari uchun uzatiladi;
– GESlarga yetkazib beriladi;
– ortiqcha suvlarni chiqarishda ham foydalaniladi.

🌊 Kanallar – suv resurslarini samarali boshqarish va taqsimlashda muhim infratuzilma hisoblanadi.

“Suv alifbo”sining keyingi harfida yanada qiziqarli atama bilan tanishtiramiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #544 186
♟ SHAXMATCHILAR VA PARASHAXMATCHILAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

🏆 Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ikkinchi bor Olimpiada chempioni bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.

O‘zbekiston terma jamoasini ushbu tarixiy g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!

♟ 💧 SUVNI SHAXMATDEK O‘YLAB BOSHQARAYLIK!
Har bir tomchi – bir yurish. Har bir qaror – kelajak.


Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube | X
  • 👍 4
  • ❤ 2
  • 🔥 2
Post #543 177
#SuvKodeksi

🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUVDAN FOYDALANISHDA MUHIM TALABLAR

📖 Suv kodeksining 32-moddasiga ko'ra, suv obyektlaridan suv olish belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv olish joyi va suvdan foydalanish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Suv olish hajmi kamaytirilsa yoki to‘xtatilsa, bu haqda suv yetkazib beruvchi tashkilotga xabar berish shart.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • 👍 2
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #542 182
#bilasizmi

16 MINGDAN ORTIQ INSHOOT SHO‘R SUVNI CHUCHUK SUVGA AYLANTIRMOQDA


🇺🇳 BMTning 2026-yilgi Suv resurslari bo‘yicha konferensiyasini o‘tkazish bo‘yicha BAA Ijroiya ofisi ma'lumotlariga ko'ra, 300 milliondan ortiq kishi chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyojini sho‘rsizlantirish orqali qondiradi. Bu AQShning butun aholisi soniga deyarli teng.

🌊 Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 16 mingdan ortiq sho‘rsizlantirish inshooti faoliyat yuritmoqda. Ular millionlab insonlarni chuchuk suv bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.


🫴 Sho‘rsizlantirish – dengiz va boshqa sho‘r suv manbalaridan tuzlarni ajratib, aholi, shaharlar va sanoat uchun chuchuk suv olish jarayonidir.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • 👏 4
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #541 311
#XalqaroTadbirlar

RIMDA YEVROPA – O‘RTA YER DENGIZI SUV FORUMI BO‘LIB O‘TADI

🗓 29-sentabrdan 2-oktabrga qadar Italiya poytaxti Rim shahrida Yevropa – O‘rta yer dengizi suv forumi (Euro-Mediterranean Water Forum) bo‘lib o‘tadi.

🎲 Ishtirokchilar: Dunyoning 40 dan ortiq davlatidan vazirlar, YUNESKO vakillari, yetakchi olimlar, soha rahbarlari va faol yoshlar.

🎲 Muhokama mavzulari: Forumning 11 ta sessiyasida qurg‘oqchilik, toshqinlar, suv ifloslanishi, gidrodiplomatiya, sun’iy intellekt va investitsiyalar jalb qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.

📍 Ma’lumot uchun: Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi sababli birgina O‘rta yer dengizi havzasida 180 milliondan ortiq inson suv tanqisligidan jiddiy aziyat chekmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • ❤ 4
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • 👍 1
Post #539 183
GEOTEKSTIL QOPLAMA: MUZ ERISHI 40 FOIZGA KAMAYDI

❄️ Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti ma'lum qilishicha, Piskom daryosi havzasidagi O‘rta Barqiroq muzligida muz erishini kamaytirish maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi.

Tajriba doirasida muzlik yuzasining 100 m² maydoni maxsus geotekstil material bilan qoplandi.

Ilmiy taqqoslash uchun qoplangan maydon bilan bir qatorda ochiq, qoplanmagan nazorat maydoni ham tashkil etildi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, geotekstil bilan qoplangan maydonda ochiq muzlik yuzasiga nisbatan erish jarayoni taxminan 40 foizga kamaygan.


Mazkur natija geotekstil qoplama quyosh radiatsiyasi ta’sirini kamaytirish orqali muzlik yuzasidagi ablyatsiya jarayonini susaytirish imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatmoqda.

Bunday ilmiy izlanishlar muzliklarni asrash, suv zaxiralarini muhofaza qilish va kelajakda suv xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 🔥 2
Post #538 4.46K
#sayohatchi #tomchivoy

OLIMJON VA BALIQNING SUHBATI


🐠 Mazkur video oddiy harakatimiz bilan ham tabiatni asrash mumkinligini eslatadi. Hatto kichik baliqlar ham bizdan tejamkorlikni so‘ramoqda!

💧 Tishni tozalash paytida suvni tinimsiz oqizib qo‘yish – suvsizlikdan aziyat chekayotgan tabiatga nisbatan katta isrofdir.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • 👍 7
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 👏 2
Post #537 191
#SuvKodeksi

🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUVDAN FOYDALANISH QANDAY REJALASHTIRILADI?

📖Suv kodeksining 31-moddasiga ko‘ra, dehqonchilik va agrar sohada suv ishlatish o‘zboshimchalik bilan emas, balki aniq tartib asosida amalga oshiriladi.

🔹 Suv limiti doirasida: Suv olish kvotasi va kutilayotgan suv prognoziga qarab ajratilgan limitdan ortiq suv ishlatish mumkin emas.
🔹 Kollektor-drenaj suvlari: Bu suvlardan foydalanishda yerlarning holati va suvning sifati albatta hisobga olinadi.
🔹 Maxsus jadval asosida: Har bir suv iste’molchisi o‘z limiti doirasida suvdan foydalanish jadvalini tuzadi va uni suv yetkazib beruvchi tashkilot bilan kelishib oladi.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @suvbrm without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for SUV | BRM: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does SUV | BRM have?
SUV | BRM (@suvbrm) has 1.99K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does SUV | BRM know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →