❄️ Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti ma'lum qilishicha, Piskom daryosi havzasidagi O‘rta Barqiroq muzligida muz erishini kamaytirish maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi.
Tajriba doirasida muzlik yuzasining 100 m² maydoni maxsus geotekstil material bilan qoplandi.
Ilmiy taqqoslash uchun qoplangan maydon bilan bir qatorda ochiq, qoplanmagan nazorat maydoni ham tashkil etildi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, geotekstil bilan qoplangan maydonda ochiq muzlik yuzasiga nisbatan erish jarayoni taxminan 40 foizga kamaygan.
Mazkur natija geotekstil qoplama quyosh radiatsiyasi ta’sirini kamaytirish orqali muzlik yuzasidagi ablyatsiya jarayonini susaytirish imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatmoqda.
Bunday ilmiy izlanishlar muzliklarni asrash, suv zaxiralarini muhofaza qilish va kelajakda suv xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

