TGViewer
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi @surxonvmmtb · 23.2K subscribers
Post #49556 1.36K

Forwarded from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿

#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.
More from @surxonvmmtb
  1. Oct 16, 2026📖 Surxondaryo tumanlarida “Milliy liboslar kuni” keng nishonlanmoqda 🌟 Viloyatimizning A…
  2. Oct 16, 2026📖 Surxondaryoda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tashki…
  3. Oct 16, 2026📖 Surxondaryoda yangi maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishi masalasi muhokama qilindi…
  4. Oct 16, 2026#Asosiy_fan_olimpiadasi #2_kun 📖 Asosiy olimpiada: tarix fanidan bilimlar sinovi 📚 Asosi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →