🌟 Viloyatimizning Angor, Denov, Jarqo'rg'on, Termiz, Sherobod, Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlaridagi umumta’lim maktablarida “Milliy liboslar kuni” keng nishonlanib, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
💥 Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati, o‘ziga xos didi va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Ularning har bir naqshida ajdodlarimizning ma’naviy dunyosi, har bir bezagida esa milliy an’analarimiz aks etadi.
✨ Milliy liboslarni qadrlash va targ‘ib etish orqali yosh avlod qalbida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash hamda ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ulari mustahkamlanadi.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐Instagram ▶️You tube
😉Twitter 🌐Veb-sayt









