🌟O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-avgustdagi 319-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Pedagogik mahorat markazining 2026-yil 8-sentabrdagi 38-sonli qo‘shma buyrug‘i ijroga yo‘naltirildi.
📌 Asosiy maqsad — umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishdan iborat.
📊 2026–2027-o‘quv yilida:
• 🏫 Viloyatdagi 975 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi qamrab olinadi;
• 📚 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 125 ta tayanch maktabi belgilangan;
• 👨🏫 390 nafar mentor-o‘qituvchi trenerlik faoliyatini olib bormoqda;
• 👥 Jami 39 648 nafar pedagogning “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlariga jalb etilishi rejalashtirilgan.
✨ Kasbiy rivojlanish — ta’lim sifati va pedagogik mahorat yuksalishining muhim omili!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐Instagram ▶️You tube
😉Twitter 🌐Veb-sayt