TGViewer
Channel Public Channel
Suhrob Ziyo

Suhrob Ziyo

@suhrob_ziyo1

Саҳифаларимиз:
👉🏻 @sz_fotopoeziya
👉🏻 @sz_turkce
Subscribers
1.05K
Photos
1.6K
Videos
427
Links
1.1K
Recent Posts 17 shown
Post #3673 1.46K
Saljuqiylar hukmdori Alp Arslondan so‘rashibdi: "Shunday qudratli imperiya nega parchalandi?"
"Bunga sabab shuki, biz qo‘lidan ish keladigan odamlarga mayda-chuyda ishlarni berdik. Qo‘lidan ish kelmaydigan pandavaqilarga katta-katta vazifalarni berdik. Katta vazifalarni ular eplolmadi. Narigilar ishini pisand qilmadi", degan ekan.

© Mahmud Sa’diy


@suhrob_ziyo1
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • ❤‍🔥 1
  • 🔥 1
Post #3671 123

Forwarded from Farrux Jabborbek

#jurnal #fiqra

“Bobolar izidan...” uch-to‘rt ming chaqirim yo‘l bosib, goh piyoda, goh ulovda yurib, goh uyda, goh yaylovda tunab, murodimiz hosil bo‘lib, safarimiz qarib, Toshkentga uchar chog‘i Qiziljar (xakascha: Хызыл чар; ruscha: Красноярск) aeroportida bir yurtdoshimiz bilan suh­batlashib qoldik. U bepoyon o‘lkaning yana shuncha ming chaqirim olisdagi go‘shasidan ishlab qaytayotgan ekan.

Yurakda ekspeditsiya taassurotlari hali qaynab turibdi, jo‘shib gapirib beryapmiz-u, akaning ko‘zlari pirpirab, miyasi­da savollar g‘ujg‘on o‘ynayotgani seziladi: Nima foyda? Indamaygina tirikchiligini qilib yursa bo‘lmaydimi? Pul topib, aql topmagan sayyohlarmikan?.. Maqsadimizni tushunmadi, rosti. Axiyri: “Bu yurishlaringni davlat ko‘taradi-da?” deya so‘radi beozorgina.

Xalqimiz davlat budjetiga savol qo‘yishni o‘rgana boshladi. Biroq ko‘pincha ho‘l-u quruqni baravar yoqib yuboramiz. Millatni millat qilib turadigan, o‘zagimizni o‘stiradigan loyihalarga xarajatni umuman ortiqcha hisoblaymiz. Vatandoshning muloyim savoli tagma’nosini tushundik, albatta. Safar xarajatlarini ko‘ngilli tadbirkor to‘laganini aytganimizda esa tamoman lol qoldi: shunaqa boylarimiz ham bormi hali?..

Endi mening miyamda savollar g‘ujg‘on o‘ynay boshladi: kimligimizni, maslagimizni qanday tushuntirsam ekan?

...Qadimda Zarafshon dar­yosiga kigiz tashlab qo‘yishgan, tog‘lardan oqib kelayotgan oltin zarralari yungga ilashib qolgan. Keyin olovda ma’danni eritib olishgan. Ziyoli o‘sha kigizga o‘xshaydi, shaxsiy tirikchiligini ko‘pam o‘ylamaydi. O‘zi yo­nib kul bo‘lsa-da, millatni oltin yombiga aylantirish uchun ya­shaydi...

Yo‘q, tarixdan timsol kel­tirishim havoga uchsa kerak, chunki tilla deyishim bilan yurtdoshimning qulog‘iga boshqa gap kirmasligi tayin. O‘sha daryo qayerda edi, haliyam kigiz tashlab ko‘rsa bo‘lmasmikan, deb surishtirishi ham mumkin, qaytanga.

...Agar usta bo‘lsangiz, imorat solishdan oldin tarhini taxminan tosh bilan belgilaysiz, keyin qoziq qoqib chiqasiz, keyin ular­ni chilvir bilan birlashtirasiz, keyin poydevor tashlab, devor ko‘tarib, tom yopasiz. Bobolar qoqib ketgan qoziqlarni biz ip bilan bir-biriga tutashtirib yuribmiz, desammi? Galdagi ishlarni bajaradigan er yigitlar ham chiqib qolar...

Mana, suvog‘i bizning qo‘li­mizdan keladi, metr kvadratiga qanchadan berasizlar, deb xizmatini taklif qilsa-ya?..

Bugungi o‘z foydasini ko‘zla­yotgan yurtdoshimdan xafa bo‘lishga haqqim yo‘q. U ham aslida bolalari uchun “kigiz” vazifasini o‘tayapti. Otasidan qolgan hovlini bo‘lib-bo‘lib tom solayotgandir o‘g‘illariga. Ertangi umummilliy foyda haqida qayg‘urishni, millat imoratini ba­land ko‘tarishni esa bir hovuch ziyolilarga “ishongan”.

– Biz ishlayotgan joyda boshqacha xalqlar bor, kam sonli. Ular ba’zida o‘z tilida gaplashsa, hayron bo‘laman, o‘zbek tiliga o‘xshab ketadi, – deb qolsami?

– E, bormisiz, aka? Mana shu iz bo‘ladi, bobolar izi shu! Haligi tosh, qoziq deganim ham shu! Faqat hozir hammamiz o‘z-o‘zimizcha yashayapmiz, o‘z kunimga o‘zim omon bo‘lay deb yashayapmiz...

Iz bo‘lmasa, biz bo‘lmaymiz.
Izlar qo‘shilib yo‘l bo‘ladi.
Suvlar qo‘shilib sel bo‘ladi.
So‘zlar qo‘shilib el bo‘ladi.
O‘zlar qo‘shilib biz bo‘lamiz.
Biz bo‘lamiz!

“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2026-yil 5-soniga kirishso‘z

🗄Farrux Jabborbek
  • ❤ 2
  • 👏 2
Post #3669 207

Forwarded from Suhrob Ziyo

***
Hammasi ayon-ku, axir hammasi,
Qadimiy rivoyat emas haqiqat.
Hammasi noayon bo'lgan dunyoda
Yozish kulgilimi oydinlik haqda?

Axir odammasman, ming marta uzr,
O'zining haddini bilmagan kasman.
Axir nima qilay odamman, axir,
Axir nima qilay farishtamasman.

S.Z.
2025.

@suhrob_ziyo1
  • ❤ 6
  • 🔥 4
Post #3666 368
O‘zMTRKda Al-Jazira media haftaligi ish boshladi. Uning birinchi kunida ishtirok etib, qisqa vaqt ichida ko‘p xulosalar oldim. Ko‘zim ochildi. Fikrim teranlashdi. Vijdonim poklandi. Tafakkurimda yangi g‘oyalar g‘ujg‘on o‘ynadi, lekin...

Ular qanday mediamahsulot tayyorlashni o‘rgatmoqchi. 2-3 daqiqalik lavhada qo‘llaydigan effektlarni biz 2-3 soatlik ko‘rsatuvlarda ham ishlatmaymiz, chunki u dasturlarni ko‘taradigan kompyuterning o‘zi yo‘q.

Xo‘p, tayyorlandi ham deylik, ular Falastindagi urush, Eronda dron ishlab chiqish texnologiyasi haqidagi lavhalaridagi yondashuvlarni gapiryapti. Bilishmaydiki, bizda bitta hokimning faoliyati haqida ham sal tanqidiy lavha berib bo‘lmasligini. Hamma yoq Yangi O‘zbekiston axir... deyolmadim ularga, meni kechiringlar.

@suhrob_ziyo1
  • 👍 6
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #3664 192

Forwarded from Мансур ЖУМАЕВ шеърлари

Men hech narsa deyolmayapman. Hech narsa. Yelkamdagi omonatingizdan bir muxlislaringizga yetib bordi. To abad xizmatingizdaman😢😢😢😢😢❤️❤️
  • 🔥 7
  • ❤ 4
  • 👏 1
Post #3663 389
Yonib aytdim, cheksizlikning cheki bor,
Cheksizlikning cheklariga yetarmen.

R.Parfi
  • 👏 4
  • ❤ 3
Post #3662 452
***
O’v dunyo, o’z holimga qo’y,
odamdek yashay.
Nega hamma senga oshiqadi,
nega hamma qulday mo’ltirar senga?
Sensiz odam barbod bo’ladimi?
Yo’q, odamni sen barbod qilasan.
Murosa bilan,
o’zgalar xohishi bilan yashashga o’rgangan odam
oxir oqibat barbod bo’ladi.

Bo’g’zini haqiqat tirnayotgan,
ko’ziga tarix botib ketgan,
qadamini tuproq g’ajib,
xayoliga osmon ko’milib ketgan,
ko’nglini ishq majaqlab
anor sharbatiday taxir so’z olayotgan
odam kerakmi senga?

Boshqacha odam kerak bo’lsa,
o’zing bino qil,
yoki o’ziga bino qo’ygan kas yo nokasni izningga ol.
Meni esa
o’z haqiqatim,
o’z ishqim,
o’z Ollohim bilan yolg’iz qoldir.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
  • 👏 4
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 2
  • 🔥 2
Post #3661 554
***

Bizni aldaydilar gullar, bahorlar,
Qahraton yotibdi bunda berkinib.
Parvoz deganlari ozodlik emas,
Osmon o‘g‘irlagan qushlar erkini.

Yonishlar bekor-u, kullik abaddir,
Yashash — o‘zni qayta sovurmoq payti.
Ichilgan qasamlar bilmaydi haddin,
Sevgilim, bizlarni sevgi aldaydi.

“Qalb havoda uchgan bir qush patidir”,
Hislar shamolida tentib yurar u.
To‘fon kelar chog‘i dilning rahida
Tuvakdagi gulday turibdi qayg‘u.

Quvonch bizni aldar, mavjudman, deya,
Ishonchning ilgida ishonchsiz titroq.
Bizni yonib turgan yolg‘onlar emas,
Zanglagan haqiqat aldaydi ko‘proq.

So‘zni mayib qilib, uning jonin yeb,
Shoirlar aldaydi bizni avvalo.
Bu dunyo bandamga imtihonim deb,
Faqat aldamaydi bizlarni Xudo.

S.Z.

@suhrob_ziyo1
  • ❤ 10
  • 👏 5
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 🍓 1
Post #3660 407

Forwarded from O‘zlik

🐺 Turkiy til: Qudrat, taqiqlar va yo‘qotishlar... Biz qanday tilni meros qilib oldik?

🔥 “O‘zlik” loyihasida tarix darslarini muvaffaqiyatli yakunlab, navbatdagi muhim sahifani ochyapmiz. Loyihamizda 2-modul — “Til oyligi” boshlanmoqda!

🐺 Biz har kuni gaplashadigan, o‘ylaydigan va his qiladigan tilimizning asl ildizlari qayerga taqaladi? Turkiy til qanday qilib ulkan hududlarga tarqalib, qudratli davlatlarning asosiy muloqot vositasiga aylangan edi? Nega keyinchalik u taqiqlar va bosimlarga uchradi? O‘tgan asrlar davomida biz nimalarni yo‘qotdik va nimalarni saqlab qola oldik?

Til oyligining ilk ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo har birimiz bilishimiz shart bo‘lgan mavzu atrofida suhbatlashamiz.


🎙 Spiker: Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Altaistika va turkologiya markazi rahbari, turkshunos Anvar Bo‘ronov
🔊 Mavzu: Turkiy til: Tarqalishi, taqiqlar va yo‘qotishlar
🗓 Vaqt: 11-sentabr, soat 19:00
📍 Manzil: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Barchani ushbu muhim va qizg‘in suhbatga taklif qilamiz. Ishtirok etish barcha uchun erkin. Kelib, o‘zligingizni biz bilan birga anglang!

🔻 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni unutmang:
Telegram | Instagram | Facebook | X
Post #3659 703
Vaqt bo‘lganda ko‘radigan dastur.

O‘zim muallif bo‘lganim uchun aytmayapman, rostan zo‘r ko‘rsatuv bo‘lgan😁

@suhrob_ziyo1
  • 🔥 6
  • 👏 1
Post #3656 347

Forwarded from Bilga tur

Bilga jamoasi yana bir she`riy sayohatga yo‘l olmoqda! Bu safar baland Zomin tog‘lari, kengliklari, sokin tabiati bag‘rida kuzni qarshi olamiz. Bizga shoir Bek Ali hamrohlik qiladi.

2 kunlik sayohat 19-20-sentabrga rejalashtirilmoqda.

Dasturdan quyidagilar o‘rin olgan:

📝 Shoir Bek Ali bilan ochiq osmon, tog‘lar va gulxan atrofida she'riy kecha;
☀️ Zomin tog‘lari bo‘ylab qiziqarli sayohat;
🍴 Zomin taomlaridan g‘ilmindi, qurtoba, qozon patirlarni ta`tib ko‘rish;
🏠 Tog‘ orasidagi qishloq uylarida tunash
🔥 Yovvoyi tabiat bag‘riga sayohat;
📽 Tog‘ bag‘rida yulduzlar ostida kino tomosha qilish;
☕️ Issiq qahva, yoshlikka qaytaruvchi cho‘g‘da toblangan kartoshkalar;
🌓Quyosh chiqishini kuzatish;
📸Kechadan foto va video lavhalar

🗓 Sana: 19-20 sentabr
⏳Vaqt: 5.00 da Toshkent shahridan jo‘nab ketish
📍 Joy: O‘zbekiston mehmonxonasi oldidan
💰 Ishtirok narxi: 650 ming so‘m

Narx ichiga kiradi:

1. Transport xarajatlari (borib-kelish);
2. Zomin qo‘riqxonasiga kirish;
3. Tog‘ bag‘ridagi uy mehmonxonada tunash;
4. 1-kun tushlik (osh, salat, non va choy)
5. 1-kun kechki ovqat (g‘ilmindi 2 donadan, qurtoba, non, salat, choy)
6. 2-kun nonushtasi (Zomin qozon patirlari, tog‘ asali va qaymog‘i)
7. Issiq qahva, cho‘g‘da toblangan kartoshkalar

Narx ichiga kirmaydi:
Dor yo‘li, osma ko‘prik va boshqalardagi to‘lovlar.

O‘zingiz bilan quyidagilarni olish tavsiya qilinadi:
1. Issiq kiyim
2. Xohishga ko‘ra yengil yeguliklar
3. Va, albatta, esda qolarli sayohatdan esdaliklarni saqlash uchun xotirangiz va telefoningizdan bo‘sh joy)

Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
@bilga_admin

⚠️ Muhim eslatmalar:
Joylar soni cheklangan!

🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!

Rasmiy sahifalar:

📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
  • ❤ 2
  • ❤‍🔥 1
Post #3655 349

Forwarded from Sahhof nashriyoti | Rasmiy

Siz ham Shahriyor Shavkatning “Hirotga, bobomning huzuriga” asarini o‘qishni anchadan beri niyat qilib yurganmid­ingiz?

Unda shoshiling! Kitob nihoyat nashrdan chiqdi!

Kitobni eng qulay narxlarda bevosita nashriyotimizdan xarid qilishingiz yoki pochta orqali buyurtma berishingiz mumkin.

⏳ Kitoblar soni cheklangan! O‘zingiz uchun kitobni hoziroq band qiling.

📞 Murojaat uchun: +998 97 747 04 24

@sahhof_nashriyoti
  • 🔥 2
Post #3654 417
Ojizlar qoʻshigʻi

Tilimni tiyganman,
ko‘zlarim xushyor.
Bugun zamon qaltis,
hech kimga sirmas.
Lekin yuragimda
o‘kinchim bisyor,
Menga baribirmas.

Jimman, holbuki.
Ne ham o‘zgarardi
mening so‘zimdan.
Qo‘rqmayman,
adashib ketishdan lekin,
Qo‘rqaman o‘zimdan.

Hukmfarmolar
Aytgalari aytgan bo‘lgan zamonda.
Alarning ko‘nglini andak og‘ritib
So‘zlasang, yomon-da.

Kimda qamchi bo‘lsa, shundadir farmon.
Xushomadgo‘ylarning barmog‘i bolda.
Biz esa qimtinib rahmat aytamiz,
Yaxshi odamlarmiz, har holda.

Tilimiz bor, ba’zan burro bo‘lamiz,
Madhiya to‘qiymiz topganda fursat,
Taomlanib bo‘lib, rahnamolardan
Fotiha tortishga ham so‘raymiz ruxsat.

Bilamiz, yetmaydi bizga jasorat,
Ojizlik bitilgan manglayimizga.
Rahmatlar aytamiz tinglab haqorat
Tilimiz yopishgan tanglayimizga.

Go‘yo ichimizda haqni uqqanmiz,
Yoddan chiqqani yo‘q kimliklarimiz.
Qarang, qoplab yotar butun moziyni
Jimliklarimiz.

2019.

©S.Z.

https://youtu.be/VXMTxm32WU8?si=lHwSs2J1IRcpH2lG
YouTube Doxxim - Qo'rqoqlar Madhiyasi (Official music) Barcha musiqiy platformalar: https://band.link/QAhYR https://music.yandex.uz/artist/10617802 https://open.spotify.com/artist/25Nco0zb5sRZ6bJpGAQ5HX https://music.apple.com/uz/album/doxxim/1828353175 Doxxim bilan bog‘laning: Telegram: https://t.me/doxxim…
  • ❤ 2
  • 🔥 2
Post #3653 322

Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti

📹 “Izlam-2” mualliflari bilan intervyularimiz mundarijasi

🎬 Bayram Ali

🎬 Furqat Alimardon

🎬 MohiRa

🎬 Suhrob Ziyo

🎬 Sevara Alijonova

🎬 Rahmat Bobojon

🎬 Jaloliddin Sayyid

🎬 Najmiddin Ermatov

🎬 Jumanazar Yoʻldosh

⭐️ IZLAM 2-fasl taqdimot videosi

Tomosha qiling va youtube sahifamizga obuna boʻling.

▫️ Xarid uchun:
😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Post #3652 448
"Mahalla" telekanali Orifxon Hotamov — o‘zbek musiqa sanʼati tarixida alohida hodisa. Uning bastakor, xonanda, ijrochi sifatidagi maktabi, musiqaga baxshida hayot yo‘li haqidagi "O‘shal damlar" ko‘rsatuvining 2-qismini o‘tkazib yubormang. 6-sentyabr Yakshanba soat 19:00da…
Kanal aʼzolaridan uzr so‘rayman. Endi shu ko‘rsatuv anonslari bilan bezor qilib turamiz😁
  • 👍 4
  • 😁 1
  • 🤝 1
Older posts →

About this channel

How can I read @suhrob_ziyo1 without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Suhrob Ziyo: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Suhrob Ziyo have?
Suhrob Ziyo (@suhrob_ziyo1) has 1.05K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Suhrob Ziyo know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →