Eng qimmat xususiy maktab ham, eng kuchli repetitor ham natijani kafolatlamaydi. Bolada mustaqil o‘qish, qiyinchilikka chidash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, sarflangan pul ham, vaqt ham behuda ketadi.«Nima dard?» podkastining navbatdagi mehmoni — kimyo o‘qituvchisi
Jamshid Qayumov. U davlat, ixtisoslashtirilgan va xususiy maktablarda ishlagan tajribasiga tayanib, ta’limdagi og‘riqli savollarga ochiq javob berdi.
Videoda ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar:
▪️ Nega bolaga «sen eng aqllisan» deyish zararli va uning o‘rniga nima deyish kerak
▪️ Maktab yoki o‘qituvchini qachon almashtirish kerak va qachon aslo almashtirmaslik kerak
▪️ «100% natija» reklamasini qanday tekshirish mumkin
▪️ Uyda kuniga 30 daqiqa ajratib, o‘qish ko‘nikmasi va qiyinchilikka «immunitet» qanday shakllantiriladi
▪️ Bolaning xatosi va mag‘lubiyatidan qanday foyda chiqarish mumkin
00:00 - Tizer
01:34 - Ta’lim nega repetitorga bog‘lanib qoldi?
06:29 - Bepul dars – qadrsiz
14:23 - Farzandga qulaylik yaratish qachon zararga aylanadi?
17:29 - Bolani hayotga qanday tayyorlash kerak?
22:32 - Natijasi past o‘quvchi bilan ishlashda nimaga e’tibor qaratish kerak?
33:49 - «Bu yil kirmasa, nima bo‘ladi?»: ota-onalarning ta’limdagi shoshqaloqligi
40:46 - «Bolani natija uchun emas, mehnati uchun maqtash kerak»
46:55 - O‘quvchining qiyinchilikka munosabati nimani ko‘rsatadi?
56:29 - Bolaning o‘qishiga ota-ona qanday yordam berishi kerak?
01:01:03 - «Ta’limda brendga uchmang!»
01:03:12 - Ko‘p o‘qish nega doim ham natija bermaydi?
01:05:55 - «Yoqmasa – blok»: zumerlar avlodining yangi muammosi
Jamshid Muslimov va Odilxon Alimxanov boshlovchiligidagi «Nima dard?» podkastini tomosha qiling.
https://youtu.be/aIib80fr7Ek?si=cqOoB-qDr5zBu1iD