TGViewer
Jamshid Muslimov Jamshid Muslimov @subnazar · 2.96K subscribers
Post #2881 7.88K
Eng qimmat xususiy maktab ham, eng kuchli repetitor ham natijani kafolatlamaydi. Bolada mustaqil o‘qish, qiyinchilikka chidash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, sarflangan pul ham, vaqt ham behuda ketadi.

«Nima dard?» podkastining navbatdagi mehmoni — kimyo o‘qituvchisi Jamshid Qayumov. U davlat, ixtisoslashtirilgan va xususiy maktablarda ishlagan tajribasiga tayanib, ta’limdagi og‘riqli savollarga ochiq javob berdi.

Videoda ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar:
▪️ Nega bolaga «sen eng aqllisan» deyish zararli va uning o‘rniga nima deyish kerak
▪️ Maktab yoki o‘qituvchini qachon almashtirish kerak va qachon aslo almashtirmaslik kerak
▪️ «100% natija» reklamasini qanday tekshirish mumkin
▪️ Uyda kuniga 30 daqiqa ajratib, o‘qish ko‘nikmasi va qiyinchilikka «immunitet» qanday shakllantiriladi
▪️ Bolaning xatosi va mag‘lubiyatidan qanday foyda chiqarish mumkin

00:00 - Tizer
01:34 - Ta’lim nega repetitorga bog‘lanib qoldi?
06:29 - Bepul dars – qadrsiz
14:23 - Farzandga qulaylik yaratish qachon zararga aylanadi?
17:29 - Bolani hayotga qanday tayyorlash kerak?
22:32 - Natijasi past o‘quvchi bilan ishlashda nimaga e’tibor qaratish kerak?
33:49 - «Bu yil kirmasa, nima bo‘ladi?»: ota-onalarning ta’limdagi shoshqaloqligi
40:46 - «Bolani natija uchun emas, mehnati uchun maqtash kerak»
46:55 - O‘quvchining qiyinchilikka munosabati nimani ko‘rsatadi?
56:29 - Bolaning o‘qishiga ota-ona qanday yordam berishi kerak?
01:01:03 - «Ta’limda brendga uchmang!»
01:03:12 - Ko‘p o‘qish nega doim ham natija bermaydi?
01:05:55 - «Yoqmasa – blok»: zumerlar avlodining yangi muammosi

Jamshid Muslimov va Odilxon Alimxanov boshlovchiligidagi «Nima dard?» podkastini tomosha qiling.

https://youtu.be/aIib80fr7Ek?si=cqOoB-qDr5zBu1iD
YouTube «Pulini to‘lasam bo‘ldi» degan ota-onalar adashadi Eng qimmat xususiy maktab ham, eng kuchli repetitor ham natijani kafolatlamaydi. Agar bolada mustaqil o‘qish, qiyinchilikka chidash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish ko‘nikmasi bo‘lmasa, sarflangan pul ham, vaqt ham behuda ketishi mumkin. «Nima dard?»…
  • 👍 10
  • 🔥 6
  • ⚡ 2
More from @subnazar
  1. Oct 14, 2026photo post
  2. Oct 14, 2026Ushbu kitobni barcha oliygohlarimizda muhim qo‘llanma sifatida o‘qitish kerak! (Keyinchali…
  3. Oct 13, 2026Falsafaga qisqa kirish, tafakkurga uzoq sayohat… Eduard Kreygning “Falsafa. O‘ta qisqa tan…
  4. Oct 12, 2026Tushundimki, san'at biznes bo'lishi qiyin ekan. Biznesga aylangan chog'ida o'z jozibasini…
  5. Oct 12, 2026Dunyodagi 3 - Unuversitet, Masofadan Ta'lim tajribasi va sifati boʻyicha Turkiya Jumhuriya…
  6. Oct 9, 2026Mutafakkir o‘z dushmanini qaysi ma’noda sevadi. O‘z fikringga qarshi o‘ylanishi mumkin bo‘…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →