TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
4.18K
Photos
1.5K
Videos
259
Links
1.3K

Showing posts older than #3119 · Back to latest

Older Posts 7 shown
Post #3112 486
“Akademik harakatchanlik” dasturi g‘oliblari INNO texnoparkda!

Bugun “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori asosida tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturning 2026-yil 2-choragi tanlov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan g‘oliblar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab yosh olimlar bilan “INNO” texnopark bosh direktori A.Ilxamov muloqot o‘tkazdi. Shundan so‘ng, ularga texnoparkning faoliyati va mavjud imkoniyatlari yuzasidan ma’lumot berilib, laboratoriyalar va texnik ishlab chiqarish zonalari bo‘ylab innotur tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, “Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarga o‘z ish joyidan ajralmagan holda yetakchi markazlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, zamonaviy ilmiy laboratoriyalar va asbob-uskunalardan foydalanish huquqini beradi. So‘nggi tanlov natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 8 nafar tadqiqotchi o‘z ilmiy faoliyatini “INNO” texnoparkda davom ettiradigan bo‘ldi.


Texnoparkda barcha g‘oliblar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, ilmiy rahbarlar biriktiriladi hamda ularning amaliy va laboratoriya tadqiqotlarini yuqori saviyada o‘tkazishiga har tomonlama ko‘maklashiladi.

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 1
Post #3105 435

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

“Inno” texnoparki rezidentligi bo‘yicha ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov rahbarligida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki rezidenti maqomini berish va amaldagi rezidentlik muddatini uzaytirish masalalariga bag‘ishlangan ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazir o‘rinbosari innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning loyihalari, ishlab chiqarish jarayonlari va istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida bir qator tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti otkazilib, ularning texnologik yechimlari, tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Post #3103 2.09K
Eng eng yaxshi startup g‘oyalar uchun 30 million so‘m

25–27-sentabr kunlari Toshkentda tarixda ilk bor Techstars Startup Weekend Tashkent idealhtoni bo‘lib o‘tadi.

54 soat ichida siz quyidagilarga erishishingiz mumkin:

• Jamoa tuzib, o‘z mahsulotingizning ilk nusxasini (MVP) yaratasiz;
• Techstars metodologiyasi asosida gipotezalarni sinovdan o‘tkazish va biznes-modellashtirish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashasiz;
• sun'iy intellekt, IT, biznes va marketing bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan maslahat olasiz;
• o‘z mahsulotingizni investorlarga taqdim etasiz;
• 30 000 000 so‘mlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashasiz.


📍 Toshkent
📅 25–27-sentabr
🔗
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Post #3102 2.66K
Startapingiz bor, lekin aynan qaysi venchur fond loyihangizga pul tikishini bilmayapsizmi?

Yo‘nalishingiz bo‘yicha O‘zbekistondagi asosiy venchur fondlar taqsimoti:
- IT va B2B yo‘nalishi: Aloqa Ventures, IT Park Ventures, Avlod Ventures
- FinTech va Banking: Uzcard Ventures, SQB Ventures, United Ventures
- Meditsina va HealthTech: Asakabank (va maxsus yo‘nalishlar)
- Ekotizim va Boshqa sohalar: UzVC, Imkon Ventures, Sarmo Ventures, Yoshlar Ventures

Ushbu videoda O‘zbekistondagi barcha faol venchur fondlar va ularning yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdik.

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 2
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #3099 466
🚀 INNO LAB akseleratsiya dasturi davom etmoqda!

Bugungi mavzu- Customer Development

Mijozni tushunish, uning haqiqiy muammosini aniqlash va g‘oyani bozor ehtiyojiga moslashtirish haqida!

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →