Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov rahbarligida “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki rezidenti maqomini berish va amaldagi rezidentlik muddatini uzaytirish masalalariga bag‘ishlangan ekspert komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda vazir o‘rinbosari innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning loyihalari, ishlab chiqarish jarayonlari va istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida bir qator tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti otkazilib, ularning texnologik yechimlari, tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn






