TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 4.18K subscribers
Post #3112 498
“Akademik harakatchanlik” dasturi g‘oliblari INNO texnoparkda!

Bugun “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori asosida tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturning 2026-yil 2-choragi tanlov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan g‘oliblar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab yosh olimlar bilan “INNO” texnopark bosh direktori A.Ilxamov muloqot o‘tkazdi. Shundan so‘ng, ularga texnoparkning faoliyati va mavjud imkoniyatlari yuzasidan ma’lumot berilib, laboratoriyalar va texnik ishlab chiqarish zonalari bo‘ylab innotur tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, “Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarga o‘z ish joyidan ajralmagan holda yetakchi markazlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, zamonaviy ilmiy laboratoriyalar va asbob-uskunalardan foydalanish huquqini beradi. So‘nggi tanlov natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 8 nafar tadqiqotchi o‘z ilmiy faoliyatini “INNO” texnoparkda davom ettiradigan bo‘ldi.


Texnoparkda barcha g‘oliblar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, ilmiy rahbarlar biriktiriladi hamda ularning amaliy va laboratoriya tadqiqotlarini yuqori saviyada o‘tkazishiga har tomonlama ko‘maklashiladi.

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 1
More from @startupper_uz
  1. Sep 22, 2026AI Hackathon Namaganda! 24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonni…
  2. Sep 22, 2026“Startap — bu samolyotni yig'ib bo'lib, uni balandlikka ko'tarilish jarayonida pastga qara…
  3. Sep 21, 2026#StartapLugati 📌 Pivot [pi'vot] — ot, inglizcha. Startapning bozor signallariga (mijozlar…
  4. Sep 21, 2026Startap g‘oyangiz ishlaydimi? Reddit foydalanuvchilaridan biri ortiqcha xarajatlarsiz o‘z…
  5. Sep 21, 2026SGP Life Sciences bitiruvchilar uchun $1 mln gacha investitsiya imkoniyatini e’lon qildi v…
  6. Sep 19, 2026✅ O’zbekiston startap ekotizimi 6 yilda qanday o’zgardi? (2020 vs 2026) So’nggi yillarda m…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →