TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
4.15K
Photos
1.5K
Videos
260
Links
1.3K

Showing posts older than #2987 · Back to latest

Older Posts 13 shown
Post #2986 365
Vaalaykum assalom

1. The Lean Startup
2. Zero to One
3. The Mom Test
  • ❤ 3
Post #2985 366
investitsiyasi qarz yoki kredit emas, qaytarib olinadigan

Loyiha fail boʻlgan boʻlsa, pulni qaytarib toʻlashga majbur emassiz
  • ❤ 4
Post #2984 405
Vaalaykum assalom, agar investitsiya olishga ikkilanyotgan boʻlsangiz, avval kichik sotuvlar qilib, agar xaridor pul toʻlamasa daromad modelini oʻzgartiring.

Agar kichik sotuv bilan model ishlayotganini isbotlasangiz, ikkilanish ham ketadi
  • ❤ 5
Post #2983 431
Vaalaykum assalom

Bozordagi muammo va sizning gʻoyangiz unga yechim boʻla olishiga
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #2982 449
1. Muammoni tekshiring
2. Gʻoya asosida MVP yarating
3. Jamoa yigʻing
4. Traction
5. Akseleratsiya dasturlarida ishtirok eting
  • 🤝 3
  • ❤ 1
Post #2981 548
StartUpper ❓ Startap bo‘yicha savollaringiz bormi? G‘oyani boshlash, MVP yaratish, jamoani yig‘ish yoki investitsiya jalb qilish bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, savollaringizni bering. 👇 Bugun soat 21:00 ga qadar o‘zingizni qiziqtirgan savollarni…
20 daqiqadan kamroq vaqt qoldi!

Savollaringizni yuboring
Post #2980 620
❓ Startap bo‘yicha savollaringiz bormi?

G‘oyani boshlash, MVP yaratish, jamoani yig‘ish yoki investitsiya jalb qilish bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, savollaringizni bering.

👇 Bugun soat 21:00 ga qadar o‘zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring. Biz ularga batafsil javob beramiz.

https://t.me/anonaskbot?start=rz1o4

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTub
Post #2979 631
StartUpper 🚑 Sun’iy intellekt tibbiy javoblar aniqligini keskin oshirdi OpenAI hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt tibbiy maslahatlarda sezilarli darajada aniqroq ishlamoqda. Bu natijaga 60 mamlakatdan 260 nafar shifokor 700 mingdan ortiq javobni tekshirib chiqishi orqali…
⚠️ Avvalroq AI tibbiy savollarga aniqroq javob bera boshlagani haqida yozgandik, ammo amalda vaziyat kutilgandek ketmayapti...

AQShda ChatGPT’ga ishonib qolgan bir fuqaro OpenAI va Sem Altmanni sudga berdi. Bot uning o‘pka tomari tiqilishi (emboliya) belgilariga yetarlicha baho bermay, shifokorga borishdan qaytargan hamda yaqinlarining xavotiriga qaramay, o‘zboshimchalik bilan xato “tashxis” va davolash rejasini taklif qilgan.

Da’voda bu holat noqonuniy tibbiy faoliyat deb baholanmoqda. Shuningdek, da’vogarlar “ChatGPT Health” xizmati xavfsizligi mustaqil ravishda to‘liq tekshirilmaguncha uning faoliyatini to‘xtatib turishni talab qilmoqda.

Bunday keyslar kompaniyalarning ijobiy hisobotlariga qaramay, AI’ga salomatlikni ishonib topshirishga hali erta ekanini ko‘rsatmoqda.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
Post #2970 782
🇺🇿🇮🇹 O‘zbekiston va Italiya innovatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Italiyaning ROAD (Rome Advanced District) tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan venchur kapital yo‘nalishi rahbari Paolo Sangalli, Innovation PMO prezidenti Edoardo della Rolle hamda Italiya temir yo‘llari milliy vakili Debora Pimpini o‘rin oldi.

Uchrashuv davomida Italiya delegatsiyasi texnoparkning laboratoriyalari, infratuzilmasi hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishdi. Muloqot chog‘ida tomonlar universitetlar va ilmiy markazlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ⚡ 3
  • ❤ 1
Post #2969 779
🤔 Investorlar aslida kimga pul beradi?

Investorlar pul yoʻqotish xavfini kamaytirish uchun tajribali startapchilarga koʻproq sarmoya kiritadi. PitchBook maʼlumotlariga koʻra, Yevropada 2016-yildan 2026-yilgacha boʻlgan davrda tajribali va tajribasiz asoschilar olgan investitsiya miqdori oʻrtasidagi farq kundan-kunga kattalashib borgan.

Masalan, 2016-yilda tajribali asoschilar oʻrtacha 1,3 million yevro olgan boʻlsa, 2026-yilga kelib bu raqam 4 million yevrodan oshdi. Birinchi marta startap ochganlar esa 2026-yilda oʻrtacha 2,5 million yevro jalb qila olishgan, xolos.

Xulosa oddiy, yangi kelganlar ham investitsiya ola biladi, lekin avval startap yuritgan tadbirkorlar har doim taxminan ikki baravar koʻp pul yutadi. Bu qoida butun dunyoda bir xil ishlaydi — investor uchun tajriba eng katta kafolatdir.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 🤝 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →