TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
4.15K
Photos
1.5K
Videos
260
Links
1.3K

Showing posts older than #2966 · Back to latest

Older Posts 15 shown
Post #2964 581
StartUpper Bu Notion! Qaydlar, topshiriqlar, loyihalar va hujjatlarni bitta joyda jamlaydigan universal dastur. Ushbu startap 2013-yilda San-Fransiskoda Ivan Zhao va Simon Last tomonidan yaratilgan. Loyiha dastlab texnik xatoliklar va mablag‘ yetishmasligi sabab 2015…
Menimcha, bu startapni hamma biladi!

Bugun ushbu startapni birgalikda tahlil qilamiz.

Siz matn bilan tanishib turing, men esa savollarni yuborishni boshlayman.
  • ⚡ 3
Post #2963 708
Bu Notion! Qaydlar, topshiriqlar, loyihalar va hujjatlarni bitta joyda jamlaydigan universal dastur.

Ushbu startap 2013-yilda San-Fransiskoda Ivan Zhao va Simon Last tomonidan yaratilgan. Loyiha dastlab texnik xatoliklar va mablag‘ yetishmasligi sabab 2015-yilda bankrotlik yoqasiga kelib qoladi. Asoschilar jamoani tarqatib, Yaponiyaga ko‘chib o‘tadi va dastur kodini 0 dan qayta yozadi.

Bu qaror to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. 2018-yilda taqdim etilgan yangi versiya foydalanuvchilar orasida tez tarqaladi. Odamlar o‘zi yaratgan shablonlarni bir-biri bilan ulashishi evaziga mahsulot qo‘shimcha reklamasiz o‘sadi. Natijada Freemium modeli bo‘yicha ishlaydigan ushbu startap bugungi kunga kelib $10 milliarddan ortiq qiymatga baholanmoqda.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • 🔥 3
  • 💯 1
  • 🤝 1
Post #2962 765
#innoyangilik

Google kompaniyasi NotebookLM xizmatining nomini Gemini Notebookga oʻzgartirdi.

Endi har bir qaydnoma ichida shaxsiy bulutli kompyuter mavjud. Bu imkoniyat yordamida toʻgʻridan-toʻgʻri qaydlar ichida kod yozish va uni ishga tushirish mumkin.

Yangi versiya avvalgisiga qaraganda 65 foizga tezroq va samaraliroq ishlaydi. Murakkab veb-qidiruvlarda esa uning unumdorligi deyarli 80 foizga oshgan.

Hozircha bu yangi funksiyalardan faqat AI Ultra va Workspace obunachilari foydalana oladi. Oddiy qilib aytganda, Google AI-qaydnomani dasturchilar va tadqiqotchilar uchun qulay ishchi qurolga aylantirdi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 4
  • ⚡ 1
  • ❤‍🔥 1
  • 🔥 1
Post #2956 928
✅ Biznes model bilan bog'liq muammoga duch kelgan bo'lsangiz, tabriklayman — to‘g‘ri ma’lumotni o‘qiyapsiz!

Aksar startaplar g‘oyasi xatoligidan emas, pul ishlash mexanizmini noto‘g‘ri qurgani uchun yopiladi.

Quyidagi biznes modellar bilan tanishing:

Freemium — asosiy xizmat bepul, qo‘shimcha imkoniyatlar pullik.
Obuna (Subscription) — kafolatlangan muntazam oylik/yillik daromad.
Tranzaksiya — har bir oldi-sotdi amaliyotidan avtomatik komissiya.
Marketplace — sotuvchi va xaridorni bog‘lovchi platforma.

👇 Sizning loyihangiz qaysi model asosida ishlaydi? Izohlarda yozib qoldiring!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
  • 🤝 2
Post #2955 847
#Yoshlar_texnoparklari

🚀15 yosh… Lekin maqsadlari juda katta!

Yosh muvaffaqiyatga to’siq emas. Eng muhimi — g’oya, harakat va intilish. Bugun sizlarni Jizzax yoshlar texnoparkida o’z startap loyihasi ustida ishlayotgan iqtidorli yosh bilan tanishtiramiz.

Hozirgi texnologik imkoniyatlar va texnopark muhiti yoshlar uchun real natijalarga erishish maydoniga aylandi. Zero, katta natijalar yosh tanlamaydi. Balki keyingi loyiha muallifi siz bo’larsiz!

💬 Siz 15 yoshingizda nimalar ustida ishlagansiz yoki nimalarni maqsad qilgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 6
  • ⚡ 4
  • 🤝 4
  • ❤ 1
Post #2954 850
O‘zini o‘zi parkovka qiladigan avtomobil!

Chip Motors startapi $15 000 lik yangi elektromobil yaratyapti. Ammo bu pulga oddiy mashina emas, balki ko‘rinishi ham golf mashinasiga, ham jipga, ham katta samokatga o‘xshab ketadigan gibrid beriladi.

Mashina bir quvvatlanganda 160 km yuradi, lekin tezligi juda past — soatiga atigi 40 km. Shu sababli u katta yo‘lda faqat eng o‘ng chekkadan sekin yurishga majbur.

Yana bir qiziq tomoni: uning old kapoti (bagaji) o‘rniga yig‘iladigan televizor o‘rnatilgan. Natijada, ko‘chada piknik qilib, futbol tomosha qilish mumkin.

Eng hayratlanarli funksiyasi esa — o‘z-o‘zidan parkovka bo‘lishi. Lekin bunda hech qanday sun’iy intellekt ishlamaydi. Mashinani Hindistondagi operator kameralar orqali masofadan boshqarib, joyiga qo‘yib beradi (bu xizmat pullik bo‘ladi).

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 🔥 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →