Ushbu startap 2013-yilda San-Fransiskoda Ivan Zhao va Simon Last tomonidan yaratilgan. Loyiha dastlab texnik xatoliklar va mablag‘ yetishmasligi sabab 2015-yilda bankrotlik yoqasiga kelib qoladi. Asoschilar jamoani tarqatib, Yaponiyaga ko‘chib o‘tadi va dastur kodini 0 dan qayta yozadi.
Bu qaror to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. 2018-yilda taqdim etilgan yangi versiya foydalanuvchilar orasida tez tarqaladi. Odamlar o‘zi yaratgan shablonlarni bir-biri bilan ulashishi evaziga mahsulot qo‘shimcha reklamasiz o‘sadi. Natijada Freemium modeli bo‘yicha ishlaydigan ushbu startap bugungi kunga kelib $10 milliarddan ortiq qiymatga baholanmoqda.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
