InnoWeek-2026 doirasida “Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konferensiyasi” bo‘lib o‘tadi
✅ Tadbir davomida ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida yangi xalqaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Xususan:
⚫️ raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt;
⚫️ ilg‘or ishlab chiqarish va avtomatlashtirish;
⚫️ yashil energetika va qayta tiklanuvchi energiya;
⚫️ aqlli mobillik va barqaror infratuzilma;
⚫️ texnologiyalar transferi;
⚫️ ilm-fan va sanoat hamkorligi;
⚫️ xalqaro loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
➡️ Tadbirda Germaniya, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim tashkilotlari, innovatsion ekotizim vakillari hamda qo‘shma loyihalar ishtirokchilari jamlanadi.
Ilmiy g‘oyalarni xalqaro hamkorlikka, innovatsiyalarni esa amaliy loyihalarga aylantirish imkoniyatlarini bir maydonda muhokama qilamiz!
🔍 27-oktabr |CAEx | Beta Hall
🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
