TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 4.14K subscribers
Post #2954 850
O‘zini o‘zi parkovka qiladigan avtomobil!

Chip Motors startapi $15 000 lik yangi elektromobil yaratyapti. Ammo bu pulga oddiy mashina emas, balki ko‘rinishi ham golf mashinasiga, ham jipga, ham katta samokatga o‘xshab ketadigan gibrid beriladi.

Mashina bir quvvatlanganda 160 km yuradi, lekin tezligi juda past — soatiga atigi 40 km. Shu sababli u katta yo‘lda faqat eng o‘ng chekkadan sekin yurishga majbur.

Yana bir qiziq tomoni: uning old kapoti (bagaji) o‘rniga yig‘iladigan televizor o‘rnatilgan. Natijada, ko‘chada piknik qilib, futbol tomosha qilish mumkin.

Eng hayratlanarli funksiyasi esa — o‘z-o‘zidan parkovka bo‘lishi. Lekin bunda hech qanday sun’iy intellekt ishlamaydi. Mashinani Hindistondagi operator kameralar orqali masofadan boshqarib, joyiga qo‘yib beradi (bu xizmat pullik bo‘ladi).

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 🔥 1
More from @startupper_uz
  1. Sep 29, 2026#Taqdirlash #Eʼtirof Ayni daqiqalarda muhandislik sohasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi g‘oya”,…
  2. Sep 28, 2026#InnoWeek_2026 InnoWeek-2026 doirasida “Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konfere…
  3. Sep 28, 2026#Kelajak_muhandislari #Natija 🏆 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibla…
  4. Sep 26, 2026UEnter da Women Cup dasturining Demo Day tadbiri bo‘lib o‘tadi! 124 ta arizadan saralangan…
  5. Sep 26, 2026☕ Aqlli chashka endi sotuvda PixelMug – kundalik kofe ichish jarayonini texnologik va inte…
  6. Sep 24, 2026#StartapLugati 📌 Pre-seed [pri-si:d] — ot, inglizcha. Startap uchun eng birinchi tashqi m…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →