TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 4.15K subscribers
Post #2970 782
🇺🇿🇮🇹 O‘zbekiston va Italiya innovatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Italiyaning ROAD (Rome Advanced District) tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibidan venchur kapital yo‘nalishi rahbari Paolo Sangalli, Innovation PMO prezidenti Edoardo della Rolle hamda Italiya temir yo‘llari milliy vakili Debora Pimpini o‘rin oldi.

Uchrashuv davomida Italiya delegatsiyasi texnoparkning laboratoriyalari, infratuzilmasi hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishdi. Muloqot chog‘ida tomonlar universitetlar va ilmiy markazlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
  • ⚡ 3
  • ❤ 1
More from @startupper_uz
  1. Sep 26, 2026UEnter da Women Cup dasturining Demo Day tadbiri bo‘lib o‘tadi! 124 ta arizadan saralangan…
  2. Sep 26, 2026☕ Aqlli chashka endi sotuvda PixelMug – kundalik kofe ichish jarayonini texnologik va inte…
  3. Sep 24, 2026#StartapLugati 📌 Pre-seed [pri-si:d] — ot, inglizcha. Startap uchun eng birinchi tashqi m…
  4. Sep 24, 2026Eng yaxshi startap gʻoyalari uchun 30 000 000 soʻm: Techstars Startup Weekend Toshkentga q…
  5. Sep 22, 2026AI Hackathon Namaganda! 24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonni…
  6. Sep 22, 2026“Startap — bu samolyotni yig'ib bo'lib, uni balandlikka ko'tarilish jarayonida pastga qara…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →