🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.
Bog'lanish: @startupper_admin
Post #2243
939
#startap
👀 Bu startap hamshiralar faolyatini tugatishi mumkin
Loyiha “InnoX” biznes-inkubator va akseleratsiya dasturi doirasida g‘oyadan tayyor startap holatiga keltirilgan.
👀 Bu startap hamshiralar faolyatini tugatishi mumkin
🟢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
Smart Drop — bu infuziya (tomchilab dori yuborish) jarayonini to‘liq avtomatlashtirilgan nazorat ostiga oluvchi innovatsion tibbiy qurilmadir. Maxsus datchiklar yordamida suyuqlik darajasi va tomchilash tezligini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi ushbu texnologiya, dori tugashiga yaqinlashganda yoki tizimda nosozlik yuzaga kelganda darhol tibbiyot xodimlarini ogohlantiradi.
Bu nafaqat hamshiralarning ish yukini yengillashtirib, bir vaqtning o‘zida ko‘plab bemorlarni masofadan samarali kuzatish imkonini beradi, balki eng muhimi — qon tomiriga havo kirib ketishi yoki suyuqlikning noto‘g‘ri miqdorda yuborilishi kabi hayot uchun xavfli holatlarning oldini olib, bemor xavfsizligini kafolatlaydi.
Loyiha “InnoX” biznes-inkubator va akseleratsiya dasturi doirasida g‘oyadan tayyor startap holatiga keltirilgan.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
- 👏 7
- ❤ 4
- ⚡ 1
























