Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori (v.v.b) Asror Norov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga tashrif buyurib, muassasaning ilmiy-innovatsion faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Institut rektori Sh. Hasanov hamrohligida o‘tgan uchrashuv davomida iqtidorli talabalarning startap loyihalari ko‘zdan kechirilib, ularning muammolarga taklif etayotgan yechimlari, iqtisodiy samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, sohani modernizatsiya qilishga qaratilgan ishlanmalar va chop etilgan mualliflik adabiyotlari namoyish etildi.
Uchrashuv yakunida institutning ilmiy salohiyati va erishilgan natijalari yuqori baholanib, kelgusida Agentlik bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube









