O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ICT WEEK Uzbekistan 2026 ochilish marosimida ishtirok etib, texnologik transformatsiya, AI, inson kapitali va xalqaro kompaniyalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtaldi.
💬 “Bugun butun dunyo sun’iy intellekt kelajakni qanday o‘zgartirishi haqida o‘ylamoqda. Bu ICT WEEK doirasidagi eng muhim muhokamalardan biri bo‘ladi”, — dedi vazir.
U, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro IT-kompaniyalar uchun bozorga kirishni soddalashtirish va “zero risk” sharoitini yaratishga intilayotganini ta’kidladi.
🚀 ICT WEEK Uzbekistan 2026 boshlandi. Oldinda yangi g‘oyalar, texnologiyalar va hamkorliklar kutmoqda.
✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website


