TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.24K subscribers
Post #8832 574
🚀 IT Park Uzbekistan va Upvisor Global Yevropa bozoriga chiqish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va Amsterdamda joylashgan Upvisor Global xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👥 Uchrashuvda IT Park Uzbekistan tomonidan Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha direktor Farrux Erkinov, Upvisor Global tomonidan esa kompaniya asoschisi va CEO’si Gernot Shvendtner ishtirok etdi.

Tomonlar o‘zbek startaplari va IT-kompaniyalari uchun Yevropa bozoriga chiqish dasturini ishlab chiqish, bozor tanlash, mijozlar ehtiyojini aniqlash va bozorga chiqish strategiyalarini shakllantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.

🌍 Upvisor Global 2017-yildan buyon startap va tez o‘sayotgan kompaniyalarga (scale-ups) xalqaro bozorlarga chiqishda yordam berib keladi. Kompaniya 400+ xalqaro ekspansiya loyihasida ishtirok etgan va 355+ founder bilan ishlagan.

Muzokaralarda Yevropadagi korporatsiyalar, potensial mijozlar, investorlar va ekotizim vakillari bilan B2B uchrashuvlar va tanishtiruvlar tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.


🤝 Tomonlar, shuningdek, xalqaro ekspansiya va bozorga kirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash uchun Anglashuv memorandumi (MoU) imzoladi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
More from @startupbaseuz
  1. Sep 22, 2026🎤 Sherzod Shermatov ICT WEEK Uzbekistan 2026 haftaligini ochib berdi O‘zbekiston Respubli…
  2. Sep 22, 2026▶️“ICT WEEK UZBEKISTAN 2026” OCHILISH MAROSIMINI KUZATIB BORING! Bugun, 22-sentabr kuni so…
  3. Sep 22, 2026🚀 ICT WEEK 2026 boshlanmoqda: 22-sentabrda nimalar bo‘ladi? Bugun ICT WEEK Uzbekistan 202…
  4. Sep 21, 2026✨ Startup & Venture Summit: Scaling Beyond Borders — Global Ecosystems 22-sentabr kuni Sta…
  5. Sep 21, 2026✨ Universitetlarda startap inkubatsiya markazini qanday tashkil etish mumkin? ICT Week doi…
  6. Sep 21, 2026✨ Startup & Venture Summit: From Corporate Innovation to CVC Korporatsiyalar qanday qilib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →