TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.26K subscribers
Post #8843 1.96K
🇯🇵 IT Park Uzbekistan va 01Booster o‘zbek startaplari uchun Yaponiya bozoriga chiqish dasturini ishga tushiradi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va Yaponiyaning 01Booster kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar 2026-yilning o‘zida O‘zbekiston startaplarining Yaponiya bozoriga chiqishiga qaratilgan market-entry dasturini ishga tushirishga kelishib oldi.

👤 Uchrashuvda IT Park Uzbekistan tomonidan Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha direktor Farrux Erkinov, 01Booster’dan esa ijrochi direktor Takeru Kavashima ishtirok etdi.

2013-yilda Tokioda tashkil etilgan 01Booster startap akseleratsiyasi, venchur investitsiyalar, open innovation va korporativ innovatsiya dasturlariga ixtisoslashgan. Kompaniya IT Park Uzbekistan bilan O‘zbekiston startaplari va dasturiy ta’minot kompaniyalarini Yaponiya bozoriga olib chiqishga qaratilgan market-entry dasturini tayyorlamoqda.

🌐 2026-yilda tomonlar Yaponiya bozoriga chiqishga qiziqqan O‘zbekiston startaplari va IT-kompaniyalari uchun qo‘shma Go-to-Market vebinarini tashkil etdi. Endilikda hamkorlik amaliy bosqichga o‘tib, market-entry dasturini joriy yilning 4-choragida ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Dastur doirasida o‘zbek startaplarini Yaponiya bozoriga tayyorlash, ularni mahalliy korporatsiyalar va investorlar bilan bog‘lash, akseleratsiya mexanizmlarini joriy etish hamda xalqaro kengayishni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston startaplari mahsulotlarini Yaponiya bozorida targ‘ib qilish, qo‘shma forum va demo day’lar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

💰 Uchrashuvda O‘zbekistonda 01Booster kompaniyasining venchur fondini tashkil etish imkoniyati ham ko‘rib chiqildi. Bunday hamkorlik o‘zbek startaplari uchun yapon investorlari va korporativ hamkorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishi hamda ikki mamlakat startap ekotizimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashi mumkin.


🤝 IT Park Uzbekistan va 01Booster market-entry dasturini ishga tushirish bilan birga, akseleratsiya, investorlar bilan ishlash va O‘zbekistonda qo‘shma venchur tashabbuslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 👍 2
More from @startupbaseuz
  1. Sep 22, 2026#Fakt24 | 22.09.2026 Xalqaro ekspertlar: O‘zbekiston — startaplar mamlakati mtrk.uz | Inst…
  2. Sep 22, 2026💚IT Park Ventures oltita texnologik startapga yangi sarmoya kiritilganini e'lon qildi 22-…
  3. Sep 22, 2026🚀 “Startap boshlash uchun eng yaxshi vaqt aynan hozir” Startup & Venture Summit yakunida…
  4. Sep 22, 2026🏆 ASOCIO Awards 2026: O‘zbekistondan 10 ta g‘olib e’tirof etildi Startup & Venture Summit…
  5. Sep 22, 2026🇺🇿 O‘zbekiston ASOCIO a’zosiga aylandi! Startup & Venture Summit yakunida O‘zbekistonnin…
  6. Sep 22, 2026🔥 Headliner sahnada: Xulian Gilliam ma’ruzasi boshlandi 🎨 Kreativ founderlar davri: AI t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →