Bir oy davomida Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida Startup Inkubatsiya dasturi bo‘lib o‘tdi.
✅ Dasturga 320 nafardan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 170 nafardan ortiq startap asoschisi mentorlar bilan ishlash, MVP yaratish, biznes modelini shakllantirish hamda investorlar uchun pitch tayyorlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirdi.
Dastur yakunida barcha hududlarda Demo Day tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z loyihalarini ekspertlar va hakamlar hay’ati oldida taqdim etdilar.
🏆 7 hudud bo‘yicha o'zini eng yaxshi namoyish etgan startaplar:
📍 Toshkent — Tasma
📍 Toshkent viloyati — Onvision
📍 Andijon — Declarant
📍 Farg‘ona — AgroVet AI
📍 Jizzax — ZooVita
📍 Namangan — BeautyFlow
📍 Sirdaryo — Barakami
🖥 Batafsil saytimizda o‘qing
🚀 Barcha ishtirokchilarni muvaffaqiyatli yakun bilan tabriklaymiz va yangi yutuqlar tilaymiz!
@startupbaseuz
Читать на русском
Read in English
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website






