🔠“Uzbekistan’s IT Drivers” ruknining navbatdagi qahramoni – Shahzod Umirzoqov
🟣Mamlakatimizda mahalliy texnologik loyihalarni xalqaro darajaga olib chiqish va startap ekotizimini rivojlantirishda yosh mutaxassislarning amaliy tajribasi alohida ahamiyatga ega. Bugungi ruknimiz loyiha muallifligidan yirik jamoa boshqaruviga hamda tashqi bozorlarga chiqish bosqichiga o‘tgan yosh tadbirkor Shahzod Umirzoqovga bag‘ishlanadi.
➡️Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan yaratilgan intellektual yechimlarning global miqyosda tatbiq etilishini hamda milliy startaplarimiz xalqaro investorlar ishonchini qozonayotganini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.
🟢TASS Vision kompaniyasi asoschisining biznes strategiyasi, jamoani shakllantirish va boshqaruv inqirozlaridan o‘tish bo‘yicha shaxsiy tajribasi sohada o‘z yo‘lini boshlayotgan ko‘plab yosh tadbirkorlar uchun muhim keys bo‘lib xizmat qiladi.
✅Qahramonimizning muhandislik qarashlaridan rahbarlik falsafasiga o‘tishi, biznesdagi boshqaruv tamoyillari, ruhiy toliqishni yengish usullari va turli mamlakatlar bozorlariga kirish xususiyatlari haqida batafsil tanishishingiz mumkin.
❗️Siz ham “Uzbekistan’s IT Drivers” ruknida ishtirok etishni istasangiz yoki shunday ilhomlantiruvchi mutaxassislarni tanisangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling:
📧 o.raximova@it-park.uz
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #8377
1.14K






