TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.53K subscribers
Post #8340 1K
🛠 #ToolOfTheWeek: Gamma

🤔 Pitch tanlovi, akselerator dasturiga ariza yoki investorlar bilan uchrashuvga tayyorlanyapsizmi?

Gamma qisqa matn asosida bir necha daqiqa ichida tayyor taqdimot yaratishga yordam beradi.

Undan qanday foydalanish mumkin👇

Startapingiz, mahsulotingiz yoki g‘oyangiz haqida qisqacha yozing — platforma siz uchun slaydlar tuzilmasi, vizual elementlar va asosiy kontentni shakllantirib beradi. Siz esa uni o‘z ehtiyojlaringizga moslashtirishingiz mumkin.

Quyidagilar uchun foydali:
🟢Pitch decklar
🟢 Akselerator dasturlariga arizalar
🟢 Investorlar uchun taqdimotlar
🟢 Mahsulot namoyishlari
🟢 Savdo va biznes taqdimotlari

Albatta, yaxshi taqdimotning o‘zi investitsiya jalb qilish uchun yetarli emas. Ammo u dizayn va formatlashga kamroq vaqt sarflab, asosiy e’tiborni hikoyangiz va g‘oyangizni kuchliroq yetkazishga qaratishga yordam beradi.


👌 Pitchingiz, taqdimotingiz yoki startapingiz bo‘yicha fikr-mulohaza olishni istasangiz, 25-iyun kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan Startup Advice sessiyasiga qo‘shiling.


❗️ Startup Advice ishtirokchilari o‘z loyihalarini Digital Startup Awards dasturi doirasida ham rivojlantirishlari mumkin.

Bu — IT Park Uzbekistan tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro tashabbus bo‘lib, startaplarga 1+1 dasturlari, venchur kreditlash, patent himoyasi, startup vizalari (IT Visa), Regulatory Sandbox, mentorlik, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, investitsiya imkoniyatlari hamda xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashni taqdim etadi.

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish StartupBase platformasida mavjud

🚀 Sizga ilhomlantiruvchi pitchlar va yangi imkoniyatlar tilaymiz!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
More from @startupbaseuz
  1. Oct 17, 2026🇫🇮 O‘zbekiston startaplari uchun Slush 2026 konferensiyasida bepul qatnashish imkoniyati…
  2. Oct 16, 2026📰 #News: O‘zbekiston va jahon texnologiyalar olamida nimalar bo‘lyapti? Rubrikamizda star…
  3. Oct 16, 2026Post #9253
  4. Oct 16, 2026🇹🇷 Digital Uzbekistan: Turkiya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar uchun Open Ca…
  5. Oct 15, 2026☁️ Alibaba Cloud: startapingiz uchun AI tokenlar va bulutli xizmatlar kreditlari kerakmi?…
  6. Oct 15, 2026Post #9250
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →