🚀 Yevropa bozoriga chiqish, xalqaro investorlar bilan tanishish va yangi biznes hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapsizmi?
🟢 IT Park Uzbekistan 18–19-noyabr kunlari Finlandiyaning Helsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Slush 2026 xalqaro texnologik konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston startaplaridan arizalar qabul qilmoqda.
💡 Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
🟩Yevropa bozoridagi potensial mijozlar va hamkorlar bilan tanishish;
🟩venchur fondlar, biznes-farishtalar va investorlar bilan aloqalar o‘rnatish;
🟩strategik hamkorlik va B2B-loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish;
🟩Yevropa startap ekotizimi bilan yaqindan tanishish va xalqaro aloqalarni kengaytirish
🎟 IT Park Uzbekistan tanlangan startaplarga konferensiyada ishtirok etish uchun bepul chiptalar taqdim etadi.
❓ Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟩Ishlaydigan mahsulot yoki MVP hamda ingliz tilidagi veb-saytga ega startaplar;
🟩asoschisi yoki hammuassisi ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan startaplar;
🟩Yevropa bozoriga chiqish yoki u yerdagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan jamoalar;
🟩amaldagi Shengen vizasiga ega nomzodlar.
Slush — startap asoschilari, venchur investorlar va texnologiya ekotizimi vakillarini birlashtiradigan xalqaro tadbir. Konferensiya startaplar uchun yangi investitsiya va biznes aloqalarini o‘rnatish imkoniyatini yaratadi.
📍 Helsinki, Finlandiya
📅 18–19-noyabr, 2026-yil
⏳ Arizalar qabuli: 31-oktabr
🔗 Ariza topshirish
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
