🚀 Andijonda 30 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi bilan Techstars Startup Weekend
18–20-sentyabr kunlari Andijonda ilk bor Techstars Startup Weekend Andijan Ideathon bo‘lib o‘tadi. Bu o‘z g‘oyasini rivojlantirish, jamoa shakllantirish va uni real biznes loyihaga aylantirishni istaganlar uchun imkoniyat.
Atigi 54 soat ichida ishtirokchilar:
- Jamoa shakllantirib, birinchi mahsulotini (MVP) yaratish
- Techstars metodologiyasi asosida gipotezalarni sinab ko‘rish va biznes model yaratish bo‘yicha seminarlarda qatnashish
- Sun’iy intellekt, IT, biznes va marketing sohalaridagi yetakchi mutaxassislardan mentorlik yordamini olish
- O‘z mahsulotini investorlar oldida taqdim etish
- 30 000 000 so‘mlik sovrin jamg‘armasi uchun kurashish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📅 Sana: 18-20-sentyabr
🚀 Ro‘yxatdan o‘tish
———————————————
@startup_choyxona — startaplar va investorlar uchun tadbirlar va imkoniyatlar
#event
Post #1046
2.46K


- ❤ 3
- 👍 2